O'zbekistonda trendlar, Review.uz saytida trend tahlillar: 2020 yildagi global tendenciyalar, prognoz tahlil, O'zbekistondagi tendenciyalar
92 ta material

COVID-19 dan keyingi hayot: Davlat va Jamiyat
Daron Ajemoʻgʻluning Project Syndicate saytidagi longrid maqolasi COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrlarda davlatning roli qanday boʻlishi mumkinligini chiroyli yoritib beribdi. Garchi maqola asosan, AQSh va Gʻarb mamlakatlari nuqtai nazaridan yozilgan boʻlsa-da, undan olinadigan xulosalar biz uchun ham muhim. Maqoladagi asosiy nuqtalar va xulosalarga Behzod Alimov qisqacha toʻxtalib oʻtgan.

S&P kredit reytingi nimani anglatadi?
S&P Global Ratings reyting agentligi Oʻzbekiston boʻyicha kutilmani «barqaror»dan «salbiy»ga oʻzgartirdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi Nozimjon Ortiqov Oʻzbekistonga berilgan reyting nimani anglatishi, reytingning oʻzgarishiga qanday omillar taʼsir etishi, kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga oʻzgarishining asosiy sabablariga toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi barqarorligini taʼminlovchi omillari
Ushbu maqolada koronavirus inqirozi davrida va undan keyingi davrlarda Oʻzbekiston suveren kredit reytingi barqarorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar borasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov fikr yuritadi.

Fargʻonalik xotin-qizlar Kasaba uyushmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda
Viloyat boʻyicha jami 28 mlrd 602 mln. soʻmlik 55 ta yangi biznes loyihalari orqali 5 ming 90 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlanadi.

Inqiroz davrida qaysi sohalarda maoshlar oshirilishi mumkin?
Inqiroz paytida Progressiv taʼlim Instituti ekspertlari qaysi kasb xodimlarida maoshlar oshirilishi mumkinligini aniqlashdi

Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi prognozi: qayta koʻrib chiqishning asosiy sabablari
Reyting pasayishining asosiy sababi davlatning umumiy tashqi qarzining likvid tashqi aktivlarga nisbatan oshib ketishi hisoblanadi.

Boʻsh stadionlar davri: pandemiya sport yulduzlari daromadlariga qanchalik taʼsir qildi?
Koronavirus tufayli professional sport katta miqdordagi daromadlardan ayrilmoqda.

Pandemiya krizisi sharoitida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlari
Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va oʻzini oʻzi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini koʻrishga chaqirmoqda

Oʻzbekistonda aholiga bir martalik begʻaraz pul tarqatilishi lozimmi?
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni «qamal» qilishi natijasida millionlab odamlarning mehnat qilish qobiliyati cheklandi. Mamlakatlarda karantin choralarining joriy etilishi bilan zarur boʻlmagan firma va korxonalar faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi. Chegaralar majburlikdan yopildi. Sayyohlar oqimi butunlay toʻxtadi. Odamlarga faqat asosiy xarid qilish ehtiyojlari uchun uydan chiqishlariga ruxsat berildi. Natijada ichki va tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlarga boʻlgan talab sezilarli darajada kamaydi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga va Jahon savdo tashkilotiga ehtimoliy aʼzo boʻlishini baholash” mavzusida soʻrovnoma oʻtkazdi.
Soʻrov natijalari shuni koʻrsatadiki, respondentlarning 74 % Oʻzbekistonning YeOIIga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Respondentlarning 16 % qarshi, 4% neytral ovoz berishgan boʻlsa 6% javob berishga qiynalishdi.

Koronavirus pandemiyasi koʻproq qaysi sohaga salbiy taʼsir koʻrsatadi?
Pandemiya sharoitida bir qator mamlakatlar toʻgʻrida-toʻgʻri kichik korxonalarga yoʻnaltirilgan ish vaqtini qisqartirish, vaqtincha ishdan boʻshatish va kasallik taʼtiliga chiqarish kabi chora-tadbirlar joriy etmoqda. Oʻzbekiston pandemiya sharoitida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirishni koʻzda tutgan?

Komiljon Ernazarov: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nima beradi?
Ushbu hamkorlik natijasida qoʻshimcha ravishda qiymati 1,6 mlrd. AQSh dollariga teng mahsulotlarni eksport qilish, temir yoʻlda tashish xarajatlarini 220 mln. AQSh dollariga arzonlashtirish hamda mehnat migrantlari daromadlarini 15-20 foizga oshirish imkoniyatlari paydo boʻladi.

Koronavirusga qarshi kurashish uchun: Oʻzbekiston tajribasi – sharh
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bilan birgalikda Oʻzbekistonda koronavirus holatini oʻrganib, chora-tadbirlar va ularni moliyalashtirishning toʻliq turlarini taqdim etdi.

Makraiqtisodiyot muammosi: Kambagʻallik yoki pandemiya
Pandemiya sharoitida daromadlarning pasayishi va jamgʻarmalarning uzoq muddatga yetmaslik ehtimoli davlat tomonidan qoʻshimcha mablagʻlarni safarbar etishni taqozo etadi. Bu esa, byudjet daromadlari qisqargan sharoitda qarz mablagʻlarini jalb etishga zaruratni keltirib chiqaradi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev. Shshuningdek, professor N.Jumayev olib borilgan tadqiqotlar asosida Oʻzbekistonda kambagʻallikni keltirib chiqarishga sabab boʻlgan muhim sabablarni keltirib oʻtdi.

Ekspertonomiks yoki Oʻzbekiston koronavirus inqirozi davrida koʻproq tashqi qarz olayotgani toʻgʻrimi?
Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonning tashqi qarzi boʻyicha ham mana shunday qarama-qarshi fikrlar paydo boʻlmoqda. Koʻpchilik iqtisodchilar va ekspertlar tomonidan Oʻzbekistonda olib borilayotgan tashqi qarz siyosati toʻgʻrisidagi shaxsiy fikrlar, iqtisodiy qarashlar va mulohazalar bildirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodim Xalilulloh Hamidov oʻz fikrlarini va asoslarini keltirib oʻtdi.

Global inqirozning mamlakatlar iqtisodiyotlariga va aholi daromadlariga salbiy taʼsiri
Bizning tahlillarimiz shundan dalolat beradiki rivojlanayotgan kichik mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yoʻqotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning oʻsish surʼati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga koʻtariladi, deydi professor Tursin Shodiyev.

COVID-19 choʻqqisi zabt etildi: Karantin choralarining ijobiy taʼsiri
COVID-19 ning tarqalishi dinamikasiga koʻra, bemorlar soni doimo eksponensial egri chizigʻi boʻylab harakatlanmaydi va muayyan nuqtaga erishgach, pasayish kuzatiladi.

Qurilish sanoati – pandemiya sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga aylanadi
Qurilish sanoati iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta imkoniyatlarga ega boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi. Boisi, qurilish sohasi koʻplab sanoat tarmoqlari uchun talab yaratadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hisob-kitoblariga koʻra, qurilish sohasining iqtisodiyot uchun multiplikator effekti 1,8ga teng.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish – oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning eng asosiy omili
Koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislar hisobotlarida 2020 yil davomida koʻplab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida sekinlashuv roʻy berishi prognoz qilinyapti.

Soʻmning qadrsizlanishining asosiy sababi nima?
Internet nashrlari orqali bir qator iqtisodchilar, ekspertlar milliy valyuta qadrsizlanishi borasida oʻzlarining shaxsiy fikrlarini bildirdilar. Baʼzi ekspertlarning 2020 yil oxiriga soʻm almashuv kursi boʻyicha prognozlari ham paydo boʻldi.

Dunyo boʻylab bir-biridan farq qiluvchi uch xil turdagi COVID-19 tarqalmoqda
Olimlar bir-biridan mutloq farqlanuvchi uch xil turdagi COVID-19 dunyo boʻylab tarqalayotganini aniqladilar. Ular 2019 yil 24 dekabrdan 2020 yil 4 martgacha boʻlgan davri ichidagi, butun dunyo boʻylab tanlab olingan 160 ta toʻliq virus genlarini tahlil qilishgan.

COVID-19 pandemiyasi sharoitida ish bilan bandlik: imkoniyat va toʻsiqlar
Uyda ishlaydigan mutaxassis belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarsa, u meʼyorlashtirilgan holatda ishlashini nazorat qilishga hojat qolmaydi. Ayniqsa, amaliyot shuni koʻrsatadiki, masofadan turib ishlaydigan xodimning ish vaqti umuman qisqarmaydi. Aksincha, odatdagi toʻliq ish kuni bilan ishlash kerak boʻlgan holatga nisbatan uzoqroq boʻladi, deydi professor G.K. Abduraxmonova.

COVID-19ni toʻxtatish yoki iqtisodiyotni qutqarish? Ikkalasini ham eplash mumkin(mi?)
Shu kunlarda Nyu-York universiteti iqtisodchisi va Nobel mukofoti laureati Pol Romerning fikrlari asabiy yangramoqda: “Biz yo iqtisodiyotdan yoki odamlardan ayrilishday ogʻir vaziyatga tushib qoldik”, deydi u.

Deputatlar Oʻzbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi haqida fikrlarini bildirdi
YeOII bilan hamkorlik qilish biz uchun qiymati 1 trillion 587 milliard AQSh dollariga teng boʻlgan bozorga kirish imkonini beradi. Oʻzbekiston bu bozorga oʻzining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda koʻrishi mumkin, deydi Akmal Burhonov. Qodir Jumayev esa, YeOIIga aʼzo davlatlarning birortasiga xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan sanksiyalar qoʻllaniladigan boʻlsa, bu holat Oʻzbekistonga ham taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi, degan fikrni bildirdi.

Dunyo boʻyicha koronavirus bilan bogʻliq noaniqlik rekord darajada yuqori
Koronavirus inqirozi qachongacha davom etadi? Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish qancha muddat oladi? Mamlakatlarda karantin tadbirlari qachon yakuniga yetadi? Koronavirusdan keyin global iqtisodiy oʻsish qanchalik tez darajada tiklanadi? Ushbu savollarning barchasi koronavirus pandemiyasi sababli vujudga kelgan noaniqlikni oshirib bormoqda.
