| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

“Oʻzbekneftgaz”: Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida Gazprombankning moliyaviy koʻmagi yordamida investitsion loyiha amalga oshiriladi

Oʻzlashtirilishi toʻxtab qolgan 300.0 mln dollar kredit liniyasining oʻzlashtirilmay qolgan 152.0 mln dollar miqdoridagi kredit mablagʻlari shu yilning oxirigacha oʻzlashtiriladi.

“Oʻzbekneftgaz”: Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida Gazprombankning moliyaviy koʻmagi yordamida investitsion loyiha amalga oshiriladi

Shoʻrtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlari investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 2019 yilda imzolangan va hozirgi kunda oʻzlashtirilishi toʻxtab qolgan 300.0 mln dollar kredit liniyasining oʻzlashtirilmay qolgan 152.0 mln dollar miqdoridagi kredit mablagʻlarini shu yilning oxirigacha oʻzlashtirishga kelishib olindi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning Rossiya Federatsiyasiga qilgan tashrifi doirasida, yirik moliyaviy hamkor “Gazprombank” AJ rahbariyati bilan muzokaralar olib borilgan.

Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi natijasida “GTL” zavodidan olinadigan yiliga 430 ming tonna sintetik naftani qayta ishlash orqali polietilen ishlab chiqarish hajmini yiliga qoʻshimcha 280 ming t (434,26 mln dollar miqdorida), polipropilen hajmini yiliga qoʻshimcha 100 ming t (170,21 mln dollar miqdorida), piroliz distillyati va moy hajmlarini yiliga qoʻshimcha 50 ming (7,88 mln dollar miqdorida) oshirish (jami 612,35 mln dollar miqdorida) rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 1784.0 mln dollarni tashkil etadi va qoʻshimcha 800 ta ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ