| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi63 marta oʻqildi

Davlat soliq qoʻmitasi organida korrupsiya holatlari koʻproq qaysi yoʻnalishda kuzatilmoqda?

Davlat soliq qoʻmitasi korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkazdi. Ushbu soʻrovnoma ikki tilda oʻtkazilgan boʻlib, 47 192 marotaba javob berilgan.

Davlat soliq qoʻmitasi organida korrupsiya holatlari koʻproq qaysi yoʻnalishda kuzatilmoqda?

Mansabni suiisteʼmol qilish, poraxoʻrlik, firibgarlik, tovlamachilik, qarindosh-urugʻchilik va shunga oʻxshash korrupsiya holatlarining namoyon boʻlishi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga toʻsiq boʻlib, jamoatchilik ongiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Hokimiyatning barcha pogʻonalarida va mahalliy qatlamlarda korrupsiyaga qarshi kurashish qonunlarni hurmat qiluvchi har bir fuqaroning asosiy hayot tamoyilidir.

Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkazgani haqida xabar qildi.

Joriy yilda qaysi soha vakillari eng koʻp korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgani haqida batafsil maʼlumot berildi

“Anonim soʻrovnoma bir kecha-kunduz davomida ikki tilda DSQ rasmiy manbalarida faol holatda boʻldi. Ushbu tashabbusni rasmiy elektron OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi turli guruhlar va blogerlar ham qoʻllab-quvvatladi.

“Siz davlat soliq organlarida qaysi yoʻnalishlar boʻyicha korrupsiya holatlariga duch kelgansiz?” savoliga 47 192 marotaba javob berildi. Shundan 43 839 ta javob oʻzbek tilidagi, 3 353 tasi rus tilidagi soʻrovnomada qayd etildi.

Aksariyat ovoz beruvchilarning fikriga koʻra, korrupsiya holatlari ishga qabul qilishda (38,5%) va soliq inspektori bilan oʻzaro aloqalarda (19,0%) sodir boʻlmoqda. Ovoz beruvchilarning 8,8 % soliq qarzlarini toʻlashda va singdirishda korrupsiya holatiga duch kelgan. Kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishida 7,3 %, sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilishida esa 5,3% ishtirokchi korrupsiyaga duch kelganini bildirgan. Eng kam korrupsiya QQSni qoplash (qaytarish)da qayd etilgan – 4,6 %.

Shuningdek, soʻrovnomaning umumiy kuzatuvchilari (koʻrish) soni 450 000 dan oshdi”, deyiladi xabarda.

DSQ matbuot xizmatining yozishicha, yigʻilgan maʼlumotlar asosida joylarda korrupsiyani bartaraf etish boʻyicha manzilli choralar koʻriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ