Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi
Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash maqsadadi “Yevropa investitsiya banki 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan kredit liniyasini taqdim etadi.

Vazirlar Mahkamasining “Yevropa investitsiya banki ishtirokida “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Yevropa investitsiya banki (YeIB) direktorlar kengashi “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 100,0 mln. AQSh dollar kredit liniyasini taqdim etishni maʼqullagan hamda loyihani amalga oshirish davri 3 yil (2020-2022 yillar) etib belgilangan.
Belgilab qoʻyilishicha:
100 mln. AQSh dollar ekvivalent miqdoridagi kredit mablagʻlari loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklarining bergan taklif va roziliklari asosida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga - 30,0 mln. AQSh dollari, “Mikrokreditbank” ATBga - 35,0 mln. AQSh dollari va “Qishloq qurilish bank” ATBga - 35,0 mln. AQSh dollari miqdorida global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlar investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun revolver shaklida qayta moliyalashtiradi;
bitta investitsiya loyihasi uchun YeIB mablagʻlari hisobidan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan kreditlarning maksimal qiymati 12,5 mln. yevro ekvivalentiga teng boʻlgan miqdordan oshirilmaydi hamda YeIB kredit liniyalari boʻyicha bitta investitsiya loyihasining maksimal qiymati 25,0 mln. yevro ekvivalentidan oshmaydi;
ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etilayotgan YeIB kredit liniyasining kamida 30 foizi YeIB mezonlariga koʻra ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi, shu bilan birga, ayollar tadbirkorlik subʼyektlari ajratilgan limitdan foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banklar YeIB bilan kelishgan holda loyihaning uchinchi yilida boshqa qarz oluvchilarni moliyalashtirish uchun foydalanilmagan mablagʻlarni qayta taqsimlash huquqi beriladi;
loyiha mablagʻlari hisobidan qarz oluvchilardan qaytariladigan mablagʻlar ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan revolver asosida qayta moliyalash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha resurslarni qaytarishni hisobga olgan holda, koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining investitsiya loyihalarini yanada moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar qoldigʻi doirasida yoʻnaltiriladi.
Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:
loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari ijro etuvchi organlar boʻlib, qayta moliyalashtirilgan YeIB kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javob beradi;
YeIBning kredit mablagʻini qaytarish, shuningdek, foizlar va boshqa xarajatlarni toʻlash qayta moliyalashtirilgan krediti miqdorida loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi loyihani muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Qaror loyihasi muhokamasi 9 dekabrga qadar davom etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

