| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini taʼminlash maqsadida tartib oʻrnatiladi.

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish rejalashtirilmoqda.

2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini taʼminlash maqsadida quyidagi tartib oʻrnatiladi:

a) aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Bunda aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

I bosqich — fuqarolarni jamoat muhokamasini oʻtkazish muddatlari, joyi va tartibi bilan tanishtirish;

II bosqich — aholi punkti bosh rejasining loyihasi boʻyicha jamoat muhokamalarini (yashovchilar, yerdan foydalanuvchilar va koʻchmas mulk obʼyektlari mulkdorlarining muhokamalari, ijtimoiy soʻrovlari, fikrlarini toʻplash va boshqa usullar) oʻtkazish;

III bosqich — jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida jamoat fikrini tahlil qilish;

IV bosqich – jamoat muhokamasi natijalari haqida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet tarmogʻi orqali aholini xabardor qilish.

b) aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi;

v) aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi boʻlgan jamoat nazorati subʼyektlarining tashabbusiga koʻra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga oʻzgartirish (tuzatish) kiritish mexanizmi joriy etiladi;

g) aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ