Turizm
65 ta material

Andijon viloyati Xonobod shahrida “Life Khonobod” investitsiya va turistik loyihasini amalga oshiriladi
Investorga 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida investor birinchi bosqich uchun 14,3 mln yevro va ikkinchi bosqich uchun 20 mlrd soʻm oʻz mablagʻlari va xorijiy kreditlarni jalb qilish hisobiga investitsiya kiritishi kerak.

Alisher Usmonov homiyligida Namanganda Xalqaro biznes markaz quriladi

Aziz Voitov 84 nafar xodimning mehmonxonada oʻtkazgan kunlari uchun byudjet mablagʻlaridan bir soʻm ham ishlatilmaganligini izohlab berdi

Buxorodagi sayyor qabullardan soʻng taʼmirtalab yoʻllar taʼmirlab berildi

Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi

Oʻzbekistonda ichki turizmni qayta tiklash choralari koʻrilmoqda
Hududlar kesimda mahalla, yoshlar va mehnat jamoalarining sayohatga chiqish grafik jadvali tasdiqlanib, turoperatorlar tomonidan sayohatlarni tashkil etilishi uchun kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.

Boʻstonliq tumani toʻliq turistik zonaga aylantiriladi
Togʻ yonbagʻirlarida, oʻrmon va suv fondi yerlarida yengil konstruksiyali koʻchma dam olish maskanlari tashkil etiladi. Shuningdek, 80 ga yaqin davlat obʼyektlari xususiylashtiriladi.

Mehmonxona biznesi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar uchun yengilliklar yaratildi
2021 yil 1 iyunga qadar mehmonxonalarga toifa olish yoki mavjud toifani oshirish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha xarajatlarni olingan toifani kelgusi 3 yil davomida saqlash sharti bilan 3, 4 va 5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun tegishlicha 5,10 va 15 mln soʻm miqdorida qoplab beriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi
Ushbu robot imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish oʻrinlarining koʻpayishiga ham xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda oʻz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda koʻmakchi sifatida ishlatish mumkin. Uning yana bir qancha qoʻshimcha funksiyalari hamda narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Toshkentning qoq markazida joylashgan “Oʻzbekenergo” AJ binosi sotuvga qoʻyildi
Sotuvga qoʻyilgan bino oʻrnida mehmonxona va savdo majmuasi qurilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekistonga yarim yil davomida qancha turist tashrif buyurgani va qancha oʻzbekistonliklar turistik maqsadda mamlakatni tark etgani maʼlum qilindi
Oʻzbekistonga yarim yil davomida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 60,0 foizga kamaygan. Oʻzbekistondan ketganlar soni esa oʻtgan yilga nisbatan 61,3 foizga kamaygan.

Hindiston kompaniyasi Sergelida 500 mln dollarlik qurilish loyihasini amalga oshiradi
Qurilish loyihasida universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sogʻlomlashtirish markazlari, maktab va bogʻchalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Aziz Abduhakimov Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi Turizm masalalari vazirlarining V yigʻilishida yangi tashabbuslarni ilgari surdi
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkent viloyatidagi Zangi ota va Qoʻngʻirot tumanidagi Hakim ota Boqirgʻoniy ziyoratgohlarini oʻz ichiga olgan “Oltin uchburchak” turini faollashtirish taklif etildi.

Turizmni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning xizmatlari oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari roʻyxatiga kiritildi.

Samarqand va Buxoro malayziyalik turistlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish maskaniga aylanishi mumkin
Mohd Hasan Malayziya va Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega ekanini eʼtirof etar ekan, mamlakatimizga tashrifi davomida oʻzbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishganini maʼlum qildi.

Shavkat Mirziyoyev: Boʻstonliqda 10 ming oʻringa moʻljallangan koʻchma dam olish maskanlari tashkil etish mumkin
Oʻzbekistonda yangi ichki turizm marshrutlari ochilib, koʻchma dam olish maskanlarini koʻpaytiriladi.

Ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun grantlar ajratiladi
1 iyun kuni boʻlib oʻtgan “Tiklanish sari yoʻl” mavzusida turizmga oid xalqaro onlayn-konferensiyada Aziz Abduhakimov Turizm sohasidagi inqirozga qarshi jamgʻarma fondi 110 million dollardan oshgani haqida maʼlum qilgan.

Har yili noyabrda "Keksalar uchun turizm oyligi" oʻtkaziladi.
"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chegirma va aksiyalar toʻgʻrisida xabardor qiladi.

2020 yilda oʻqishga qabul qilinganlarni oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda oʻqishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Turoperatorlar sayyohlarni jalb qilgani uchun davlat tomonidan ragʻbatlantiriladi
Turoperatorlar va joylashtirish vositalariga foizsiz ssudalar ajratiladi. Turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni umumiy 1,5 milliard soʻm miqdorida qisman subsidiyalash orqali qoʻshimcha koʻmak koʻrsatiladi.

Oʻzbekistonda karantin butunlay toʻxtatilmaganiga qaramay yozni togʻda dam olib yoki sayohatda oʻtkazish mumkin
“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi.

Toshkentdagi "Oʻzbekiston" mehmonxonasi sotildi
"Otel Uzbekistan" MChJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotib olish boʻyicha "Bashan investment group pte ltd" (Singapur) kompaniyasi 4 yulduzli mehmonxona tashkil etish taklifi bilan tenderdan yutib oldi.

Koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari bosqichma-bosqich tiklanadi
“Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab chiqildi. “Yashil” hududlar oʻrtasida ichki turizmga ruxsat berildi.

Mehmonxonalar ayrim talablar asosida xizmat koʻrsatishiga ruxsat berildi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.
