| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi219 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)

Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)

Pandemiya keltirgan sinovli kunlarda xalqimiz ogʻir judolikka uchradi. Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Senati Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020 yil 31 iyul kuni vafot etdi. Marhum Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga dafn etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qurʼon tilovat qilindi.

- Rahmatli Musa ogʻa elni yaxshi koʻrgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpogʻistondan koʻnglim toʻq edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir boʻlgan oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining ogʻzibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish boʻyicha koʻp ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni doʻstlari bilan birga albatta davom ettiramiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini taʼkidladi.

- Bu yerni Qoraqalpogʻistonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qoʻysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna boʻladi, - dedi Prezident.

Fotogalereya 6

  • Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto) — 1-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto) — 2-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto) — 3-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto) — 4-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto) — 5-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto) — 6-surat, jami 6 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ