| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi59 marta oʻqildi

Odilbek Isoqov: 2021 yilda 5 trln soʻmlik davlat gʻaznachilik obligatsiyalari va 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni joylashtirish rejalashtirilgan

Yevrobondlarni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar byudjet kamomadini qoplashga, shuningdek, 2021 yilda Oʻzbekistonni barqaror rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan qator loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi/

Odilbek Isoqov: 2021 yilda 5 trln soʻmlik davlat gʻaznachilik obligatsiyalari va 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni joylashtirish rejalashtirilgan

Milliy valyutadagi uch yillik qarz majburiyatlarining aksariyatini fond va bank boshqaruvchilarini oʻz ichiga olgan holda AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa mamlakatlaridan deyarli 20 nafar investor sotib olgan. Bu haqda «Oʻzbekiston 24» telekanali «Studiya 24» dasturiga Moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isoqov intervyu berdi deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«Umuman olganda, biz ham geografiyadan, ham investorlarning turlaridan mamnunmiz. Muzokaralar davomida ularning aksariyati Oʻzbekistonga nisbatan juda iliq soʻzlarni aytishdi. Ularning baʼzilari 2019 yil fevral oyida chiqarilgan bizning yevrobondlarni sotib olishdi. Oʻylaymanki, ular oʻz sarmoyalarini uzoq muddatli istiqbolga sarmoya kiritishga tayyorlar.

Yaqin vaqtgacha xalqaro moliya institutlarining kreditlari dollar, yevro va yapon iyenasida jalb qilingan. Oʻzbek soʻmiga jalb qilish juda yaxshi yangilik, chunki hozirda emitentlar — Oʻzbekiston va boshqa mahalliy kompaniyalar, agar ular kelajakda xalqaro yevrobondlarni soʻmga chiqarishsa, valyuta xavfiga ega boʻlmaydi. Barcha toʻlovlar soʻmda amalga oshirilgandan va kelajakda bir-ikki yoki uch yil ichida ular bir xil miqdorda toʻlashadi. Dollarga nisbatan esa, valyuta kursining oʻzgarishiga asoslanib, soʻmdagi qiymat oshadi yoki kamayadi. Endi bu xavf emitentlarga emas, investorlarga tegishli», dedi Odilbek Isoqov.

Oʻzbekistonning ichki qimmatli qogʻozlar bozori hozirda rivojlanmagani, unda mahalliy investorlar kamligini taʼkidlagan Moliya vaziri vazirlik har yili ichki bozorda davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini chiqarish hajmini koʻpaytirishi haqida ham gapirdi. Xususan, 2018 yilda 600 mlrd soʻmlik obligatsiyalar chiqarilgan boʻlsa, bu yilga kelib — 4,8 trln soʻmga teng hajmga ega obligatsiyalar chiqarilgan.

Timur Ishmetov: Oʻzbekiston tarixida ilk bor 2 trillion soʻm hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi

«Davlat gʻaznasi yevrobondlariga talab mavjud va biz taklifni koʻpaytiryapmiz, ammo bu yetarli emas. Bizning yakuniy maqsadimiz, ushbu xorijiy investorlarni Oʻzbekistonga jalb qilish va ularning davlat gʻaznachilik obligatsiyalari, aksiyalarini va oʻzbek bozoridagi boshqa emitentlarning qimmatli qogʻozlarini soʻmga sotib olishlarini taʼminlash. Bu muayyan vaqtni talab qiladigan jarayon.

2021 yilda 5 trln soʻmlik davlat gʻaznachilik obligatsiyalari, shuningdek 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni joylashtirish rejalashtirilgan. Albatta, miqdorlar byudjet taqchilligi, daromadlar, xarajatlar va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin va qaror mamlakat rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.

Yevrobondlarni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar byudjet kamomadini qoplashga, shuningdek, 2021 yilda Oʻzbekistonni barqaror rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan qator loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi", deydi vazir oʻrinbosari.

Oʻzbekistonning oʻn yillik yevrobondlarini AQSh (54%), Buyuk Britaniya (25%), Yevropa (17%) hamda Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridan (4%) qariyb 200 sarmoyador sotib olgan. Ular xaridorlarning 90 foizini tashkil qiladi. Jamgʻarma boshqaruvchilari, sugʻurta kompaniyalari, suveren va pensiya fondlari yevrobondlarning asosiy xaridorlari boʻlgan.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, soʻnggi yevrobondlarni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:

  • 15 ta yangi maktab qurish;

  • 3 ta tibbiyot muassasasi qurish;

  • 200 km suv taʼminoti tizimlari va kanalizatsiya qurish;

  • 298 km avtomobil yoʻllarini taʼmirlash;

  • Qiyin ahvolga tushib qolgan ayollarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatish;

  • Ayollarga oilaviy yoki xususiy korxona tashkil qilishga imtiyozli kreditlar berish;

  • Onalik va bolalikni himoya qilish, oila institutini mustahkamlash xarajatlariga sarflash;

  • Qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar tomonidan uy-joy sotib olishda dastlabki toʻlovni qoplash;

  • Ishsizlik nafaqasini toʻlash;

  • Ishsizlar tomonidan issiqxona tashkil qilishga subsidiya berish;

  • Turizm sohasidagi maqsadlarni dasturlarni moliyalashtirish.

Ushbu maqsadlarga 1 trln soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ