UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi
Kelishuv doirasida olingan mablagʻlar UzAuto Motors ga GEM plaftormasida General Motors ning yangi modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

«UzAuto Motors» AJ hamda Credit Suisse AG kompaniyaning London boʻlimi 150 mln yevrogacha boʻlgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi AQ-4397-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, UzAuto Motors eng yaxshi jahon tajribalariga asoslangan zamonaviy boshqaruv uslublarini tatbiq etish ustida faol ishlamoqda.
Kelishuv doirasida olingan mablagʻlar UzAuto Motorsning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, zavodni modernizatsiyalash va texnik jihozlashga va aylanma mablagʻlarni oshirishga yoʻnaltiriladi. Bu investitsiya loyihalarini amalga oshirish UzAuto Motors ga GEM plaftormasida General Motors ning yangi modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisidagi kelishuvning imzolanishi UzAuto Motors uchun xalqaro sindikatlashgan kreditlash debochasi sifatida ramziy maʼno anglatdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston joriy yilda eng koʻp toʻqimachilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilgan

