| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston joriy yilda eng koʻp toʻqimachilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilgan

2020 yilda Oʻzbekiston 65 ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Eng koʻp eksport Rosiyaga – 543,6 mln dollar, Xitoyga – 325,9 mln dollarga amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston joriy yilda eng koʻp toʻqimachilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilgan

Joriy yilning 1 noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston qiymati 1,5 mlrd AQSh dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu yil 65ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan Oʻzbekiston eksport hajmini oʻtgan yilning 10 oyiga nisbatan 209,9 mln AQSh dollariga oshirgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 10 oy mobaynida Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 543,6 mln;

  • Xitoy – 325,9 mln;

  • Qirgʻiziston – 223,9 mln;

  • Turkiya – 174,4 mln;

  • Polsha – 37,1 mln;

  • Qozogʻiston – 34,9 mln AQSh dollari.

2020 yilning 1 noyabr holatiga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 244,7 mln;

  • Andijon viloyati – 211,7 mln;

  • Fargʻona viloyati – 201,1 mln;

  • Toshkent viloyati – 199,4 mln AQSh dollari.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ