Review.uz saytida O'zbekistondagi siyosat, jamiyat va iqtisodiyot bo'yicha ekspertlarning fikrlari: iqtisodiy prognozlar va ekspert baholari
72 ta material

Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoʻllari
“Mehnat migratsiyasini ‒ Oʻzbekiston uchun iqtisodiy jihatdan zararli, mamlakat ravnaqi yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biri sifatida baholash lozim. Shu sababli mehnat migratsiyasida yurganlarni oʻz yurtiga qaytarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq, deydi akademik Gulyamov va professor Muhammedov ushbu maqolada.

Obid Hakimov: Aholining qoʻliga pul berish kambagʻallikdan chiqarishda yaxshi samara bermaydi

Tashqi qarz borasida oʻylarimiz

Aybsizlik prezumpsiyasi qachon ishlaydi?

Prezident Xalq qabulxonalariga kuniga 400 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Ularning qanchasi hal etildi?

Oʻzbekistonda kambagʻallikni kamaytirish maqsadida oxirgi uch yilda nominal oylik ish haqi 79,7 foizga oshdi
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 400 mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj. Oʻzbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambagʻallikni qisqartirishga kompleks yondashuv eng maqbul yechimdir.

Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modelini tanladi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ushbu maqolasida mamlakatdagi kambagʻallikni bartaraf etish yoʻllaridan biri boʻlgan – ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish faqatgina kompleks yondoshuvlar orqaligina amalga oshirilishi mumkinligi, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning ahamiyati va bu borada yuritilayotgan davlat siyosati yuzasidan izoh berdi.

Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyotning darajasi qanday?
Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiriga oid tadqiqotlarda yashirin iqtisodiyot darajasi YaIMga nisbatan 40-50 foiz atrofida ekanini koʻrsatdi. Bunday vaziyatning vujudga kelishi yashirin iqtisodiyotni “gullatishga” hissa qoʻshayotgan “uddaburon tadbirkorlar”ninggina emas, ularga homiylik qilayotgan ayrim amaldorlarning xatti-harakatlari natijasidir, deydi Baxtiyor YaKUBOV.

Yashirin iqtisodiyot xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa
Yashirin iqtisodiyot iqtisodiy hodisa boʻlar ekan, uning iqtisodiy ildizlarini topish kerak. Bu ildizlar pul munosabatlarining oʻzida joylashgan, pul universal toʻlov vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilishadi, pul boylikning timsoli, boylik toʻplashning eng qulay shakli, deydi professor Rustam Xasanov.

Korporativ ijtimoiy masʼuliyat toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar sonining koʻpayishi garovimi?
Hukumat ekspertlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotining hajmi va oʻsish surʼati har yili taxminan 12 milliard dollarlik TTXIni talab etadi.

Obid Hakimov: Karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkin
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov karantin tartibining iqtisodiyot va aholi daromadlariga taʼsiri haqida mulohazalarini bildirdi.

Eldor Aripov: Barchamiz uygʻonishimiz kerak
Namanganda asosiy eʼtibor eng dolzarb muammolardan biri — ishsizlikni yengishga qaratiladi. Tom maʼnoda keng koʻlamli maqsad-vazifalar belgilab olingan — 13 trillion soʻmlik loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish natijasida viloyatda 55 mingta ish oʻrni yaratiladi, deydi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov.

Hududlarga tashriflar – ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning samarali usuli
Oʻzbekiston Prezidenti esa davlatni boshqarish amaliyotiga yangilik olib kirdi. Yaʼni u davlat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini tashkil etish va boshqarish jarayonida bugun jahonda yangi hodisa sifatida eʼtirof etilayotgan usulni kashf etdi, deydi iqtisod fanlari doktori Odil Olimjonov.

Kamabagʻallik: Daromad tengsizligimi yoki taʼlim olishga eʼtiborsizlik?
Fikrimizcha, kambagʻallikni aniqlashga yordam beradigan omil sifatida daromadlarning shakllanishiga eʼtibor qaratish muhim hisoblanadi. Bunda daromad shakllanishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi sabablar va omillarni rivojlantirish yanada muhim, deydi iqtisodiyot fanlari doktori Nodir Jumayev.

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini kuchaytirish - davr talabi
Maqola mualliflari Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqalararo hamkorligini mustahkamlash masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy oʻsishining muhim manbai sifatida talqin etadilar.

Kosteshtilik fermerlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali millionerga aylangan. Buning siri nimada?
Mutaxassislarning fikriga koʻra, Moldovaning Kosteshti qishlogʻida agrobiznesning rivojlanishi ayni avjida va kelajakda katta salohiyatga ega. Bu degani, qishloqdagi millionerlar soni ortib boraveradi. Kosteshti qishlogʻining tajribasi Oʻzbekiston uchun nega muhim?

Kambagʻallikni aniqlash mezoni qanday?
Kambagʻallikni kamaytirish va aholi daromadini oshirishning eng samarali yoʻli bu fuqarolarni boqimanda kayfiyatdan chiqarish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yoʻnaltirishdan iborat boʻlishi lozim.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish organlarining roli
Qaysi davlatda boʻlishidan qatʼiy nazar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli boʻlgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari belgilab qoʻyilgan.

Zamonaviy dunyo: Ijtimoiy tarmoqlar inson resurslarini boshqaradi
Ijtimoiy tarmoqlardan mehnat munosabatlari sohasida samarali foydalanish aholi bandlikka koʻmaklashish markazlari va rekruting agentliklarining virtual, innovatsion prototipini yaratadi.

Shavkat Mirziyoyev taʼkidlab oʻtgan isteʼmolchilardan kelib tushgan 11 mingta murojaat yechimi nima boʻlgan oʻzi?
Prezident tomonidan taʼkidlangan fuqarolardan kelib tushgan 11 mingdan ortiq murojaatning salkam 90 foizi federatsiya ulushiga toʻgʻri kelayotgani Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutining nechogʻli rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Rauf Saloxoʻjayev: Inson kapitali taraqqiyoti zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning yagona yoʻli
Ishonchsizlik muhitida odamlar biznes bilan shugʻullanish, bankka omonat qoʻyish yoki turli tranzaksiyalarni amalga oshirishdan choʻchiydi. Innovatsiyalar qilish haqida-ku gapirmasa ham boʻladi. Vaholanki, bunday faoliyat turi hamisha xatarli sanalgan, deydi iqtisodchi olim Rauf Saloxoʻjayev.

Foydali karantin: COVID-19 pandemiyasi oliy taʼlim tizimini qanday oʻzgartiradi?
Jahon ekspertlari pandemiya tufayli joriy qilingan qatʼiy karantin qoidalari taʼlim, jumladan oliy taʼlim uchun yangi imkoniyatlar yaratganini eʼtirof etishmoqda.

EOIIda “kuzatuvchi” maqomida ishtirok etish boʻyicha parlament qarori — xalq xohish-irodasining natijasidir
Oʻzbekistonga “kuzatuvchi davlat” maqomi nima beradi va bu mintaqadagi hamkorlikka qanday taʼsir qiladi? Shu va boshqa savollarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari Akramjon Neʼmatov javob berdi.

EOII: hamkorlik sari qadam
YeOIIga kuzatuvchi sifatidagi ishtirokimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga qanday taʼsir koʻrsatadi? Bu kabi savollar koʻpchilikni oʻylantirishi tabiiy. Aytib oʻtish mumkinki, kuzatuvchi maqomidagi ishtirokimiz qaror qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etmasakda, bizga YeOIIning hamma ishchi organlarida bemalol fikr bildirish huquqini beradi, deydi iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev.

"Sardoba"dan saboqlar: "Sarez" koʻli muammosi
Qattiqroq zilzila yuz berib, "Sarez" koʻlining suvi chiqib ketadigan boʻlsa, u togʻlar tepasidan daxshatli tezlikda pastga oqib tushib, Amudaryo oqimiga qoʻshilib, oʻz yoʻlida Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi bir nechta viloyatlarni bosib ketishi mumkin.
