| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Mulohaza3 daqiqada oʻqiladi131 marta oʻqildi

Prezident Xalq qabulxonalariga kuniga 400 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Ularning qanchasi hal etildi?

Koʻpgina fuqarolar kommunal xizmatlardan, xususan, gaz, elektr va suv taʼminotidan shikoyat qilishgan, shuningdek, ish bilan taʼminlash va bandlik masalalarida murojaatlar kelib tushgan.

Prezident Xalq qabulxonalariga kuniga 400 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Ularning qanchasi hal etildi?

Prezident qabulxonalari aholi bilan muloqotning muhim vositasi aylandi va nafaqat aholining shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish, balki tegishli idoralar va mahalliy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni hal qilish bilan ham shugʻullanmoqda. Shu vaqtga qadar oʻz yechimini topmay kelayotgan bir qancha muammolar nazoratga olinib, kerakli zarur choralar koʻrildi.

Prezident xalq qabulxonalari aholining ishonchli tayanch maskaniga aylanib ulgurdi. Quyida dalillar asosida raqamlar va ijro etilgan murojaatlar hisoboti keltirilgan. Joriy yilning 10 iyulidan 10 avgustiga qadar Xalq qabulxonalariga 13 165 ta murojaat (1 kunda oʻrtacha – 439 ta) kelib tushdi. 1 715 ta murojaat (13,0%) boʻyicha tushuntirishlar berilgan, 2 152 ta murojaat (16,3%) ijobiy qanoatlantirilgan, 2 218 tasi (16,8%) huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 96 ta murojaat (0,7%) uzoq muddatli nazoratga olingan, 9 tasi (0,1%) maʼlumot uchun qabul qilingan, 6 869 ta murojaat (52,2%) jarayondagi murojaatlar va 106 ta (0,8%) murojaat rad etilgan. 8 806 ta murojaat zudlik bilan hal etilgan.

Maʼlumot uchun: 2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari ochildi. Xalq qabulxonalari ochilganidan buyon bugungi kunga qadar Prezident nomiga 3,7 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan boʻlib, unda turmush darajasi, bandlik, uy-joy, sifatli kommunal xizmatlar, sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlari bilan bogʻliq koʻplab muammolar aks ettirilgan. Koʻtarilgan koʻplab masalalar fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, aholining kambagʻal va zaif qatlamlariga yordam berish bilan bogʻliq.

Hisobot davri uchun fuqarolarning murojaatini tahlil qilish

Eng koʻp murojaatlar Surxondaryo (1 684 ming), Qashqadaryo (1 490 ming) va Fargʻona (1 401 ming) viloyatlaridan kelib tushgan.

Eng kam murojaatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi (483 ta), Navoiy (483 ta) va Toshkent shahri (298 ta) aholisidan kelib tushgan.

Koʻpgina fuqarolar moddiy yordam va nafaqalar (23,2 %), shuningdek, (8,2%) kommunal xizmat koʻrsatish, xususan, gaz, elektr-energiyasi va ichimlik suvi taʼminotidan shikoyat qilishdi.

Bundan tashqari, mehnat va aholi bandligi (5,8 %), aliment va qarzlarni undirish (5,4%) hamda bank tizimi faoliyati va kreditlash (3,1%) boʻyicha murojaatlar kelib tushgan.

Shu bilan birga uy-joy bilan taʼminlash (2,3%), davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar (1,7%), sudlarning ijrosi (1,2%) boʻyicha shikoyatlar kelib tushgan.

Shuningdek, aholi huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, surishtiruv va tergov (0,4%), majburiy ijro organlari faoliyati boʻyicha ham murojaat qilgan.

Tashkilotlar va muassasalar kesimida eng koʻp murojaatlar 2 525 ta (17,6%) mahalliy davlat hokimiyati organlari, 2 321 ta (17,6%) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, 1 303 ta (9,9%) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 1 231 ta (9,4%) Bosh prokuratura, 1 036 ta (7,9%) Ichki ishlar vazirligi masalalar boʻyicha kelib tushgan.

Eng kam tashkilot va muassasalar kesimida aholi murojaati 722 ta (5,5%) Majburiy ijro byurosi, 592 ta (4,5%) Sogʻliqni saqlash vazirligi, 528 ta (4,0%) Markaziy bank va tijorat banklari, 336 ta (2,6%) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, 282 ta (2,1%) “Hududgaztaʼminot” AJ, 276 ta (2,1%) Oliy sudi vakolatiga taalluqli murojaatlar kelib tushgan.

Shu bilan birga fuqarolar tomonidan 126 ta takroriy va 272 ta dublikat murojaat kelib tushgan. Takroriy murojaatlar viloyatlar kesimida tahlil qilinganda shuni koʻrsatdiki, Samarqand viloyati 28 ta, Jizzax viloyati 24 ta, Buxoro viloyati 13 ta va Fargʻona viloyatida 9 ta takroriy murojaatlar yuqoriligi qayd etilgan.

Takroriy murojaatlar tashkilotlar kesimida oʻrganilganda Oliy Sud 20 ta, Markaziy va tijorat banklari 15 ta, Energetika vazirligi 9 ta, Bosh prokuratura 9 ta, Ichki ishlar vazirligi 9 ta va bu jami takroriy murojaatlarning 63 ta yoki 50,0 % tashkil qilmoqda.

2019 yil 17 yanvar kuni Prezidentimizning "aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi Farmoni chiqarilib, xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tarmoqlari bilan birgalikda davlat organlari tomonidan aholining uyma-uy yurish yoʻli bilan muammolarini aniqlash, shuningdek, ularning yechimini taʼminlash belgilab berilgan.

Kambagʻal oilalarni oʻz ichiga olgan "temir daftar" deb nomlangan oilalar roʻyxati shakllantirilgan, shuningdek, kam taʼminlangan oilalarni oʻz ichiga olgan va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muammolarini ham hisobga olgan. Xalq qabulxonalari yordam soʻrab murojaat qilgan yuz minglab oʻzbekistonliklarga yordam berib, aholining kambagʻal va zaif qatlamlariga manzilli yordam koʻrsatish uchun samarali vosita boʻlishini aniq aytish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Fotogalereya 1

  • Prezident Xalq qabulxonalariga kuniga 400 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Ularning qanchasi hal etildi? — 1-surat, jami 1 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ