"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi
Gazni eksport qilish uchun Xitoyga joʻnatish oʻrniga, kompaniya uni Oʻzbekistonning ichki bozorida sotdi.

"Lukoyl" Oʻzbekistondagi gaz qazib chiqarishni deyarli loyihalashtirilgan darajada qayta tikladi, deb xabar berdi RNSʼga "Lukoyl" ning moliya boʻyicha vitse-prezidenti Pavel Jdanov.
«Bizning loyihalarimiz boʻyicha eksport taʼminoti qayta tiklandi va sentyabrdan ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich tiklash boshlandi. Ayni paytda kunlik ishlab chiqarish deyarli toʻliq loyihaviy darajaga keltirildi», dedi Jdanov Oʻzbekistondagi gaz qazib olish toʻgʻrisida.
Joriy yilning avgust oyida "Lukoyl" ning moliya boʻyicha vitse-prezidenti Pavel Jdanov "Covid-19" koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli Xitoyda gazga boʻlgan talabning pasayishi sababli kompaniya Oʻzbekistondagi "Hisor" loyihasida gaz qazib olishni vaqtincha toʻxtatganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan gazni ushbu mamlakatning ichki bozoriga 2020 yilda yetkazib berish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishgan.
“Hisor” loyihasi Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida joylashgan. “Lukoyl” 2008 yilda “Janubi-Gʻarbiy Hisor” loyihasiga kirdi. Shartnoma tuzilgan maydonda yettita kon mavjud. Loyiha uchun Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim (MTB) 2043 yilgacha amal qiladi. MTB ishtirokchilari: Oʻzbekiston va Lukoyl (100% ishtirok).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

