| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Tahlil7 daqiqada oʻqiladi308 marta oʻqildi

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan ikkilamchi avtomobil bozordagi avtoulovlarning narxlariga taʼsir qilivchi omillarni oʻrganish boʻyicha amaliy tadqiqot oʻtkazildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – foydalanilgan avtomobillar komplektatsiyasining ularning narxlariga taʼsir darajasini baholash qilib belgilab olindi.

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 3 milliondan ortiqroq yengil avtomobillar ruyxatdan oʻtgan boʻlib, avtomobil savdosining katta qismi ikkilamchi bozorda amalga oshadi. Ikiilamchi bozorning hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400-500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan, ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining shakllanish qonuniyatlarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekistonda (qayta) roʻyxatdan oʻtgan transport vositalari soni (2018 yil yanvar = 100%)

Uzoq yillar davomida avtomobillarning narxi ularning ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq boʻlmagan, ammo soʻnggi yillarda vaziyat oʻzgara boshladi. Bu, asosan, yangi mashina sotib olishdagi toʻsiqlarning kamayishi bilan bogʻliq.

Dastlabki tahlillar shuni koʻrsatdiki, hozirgi kunda oʻrta hisobda avtoulovning bir yilga eskirishi uning narxini 600 dollarga pasaytiradi. Biroq, bu hisoblash usuli avtomobilning turli xil xususiyatlarini narxga taʼsir qilish ehtimolini inobatga olmaydi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hisobga olgan holda muqobil usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Veb-skraping usuli

Oʻzbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorini tahlil qilish uchun internet maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashga moslashgan maxsus veb-skraping usuli ishlatildi. Dasturning asosiy xususiyatlaridan biri bu mashina oʻrganishi (Machine learning) usullaridan foydalanishidir.

Raqamli iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish davrida kiber maydonda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida oʻz vaqtida va sifatli maʼlumot olish zaruriyati oshib bormoqda. Katta hajmdagi maʼlumotlar har yili muhim ahamiyat kasb etmoqda va hozirgi kunda har qanday zamonaviy tashkilot, shuningdek, hukumatlar uchun katta hajmdagi maʼlumotlardan foydalangan holda muammolarni qayta ishlash boshqaruvning muhim jihatlaridan biridir.

Biroq, global Internet tarmogʻida mavjud boʻlgan maʼlumotlar miqdori juda katta, baʼzi taxminlarga koʻra, 2020 yilda u 40 trillion gigabaytga yetishi mumkin va bu koʻrsatkich yanada tezroq oʻsib boradi. Shuning bilan birga, bugungi kunda veb-saytlarni qayta ishlash, mashina oʻrganishi va sunʼiy intellekt vositalari kabi raqamli texnologiyalar yordamida internetdan maʼlumotlarni olish osonlashmoqda.

Maʼlumot uchun: veb-skraping (web-scraping) – internetdan maʼlumotlarni avtomatik ravishda olish va yigʻish uchun zarur boʻlgan dasturiy taʼminot tizimi. Veb-skraping ishlatishning eng keng tarqalgan yoʻnalishlariga veb-indekslash, elektron tijoratda narxlarni kuzatish va taqqoslash, bozor tadqiqotlari, mahsulotlarni tahlil qilish, savdo maʼlumotlarini toʻplash, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni oʻrganish kiradi.

Rusumi va yillar boʻyicha oʻrtacha avtomobil narxlari, AQSH dollarida

(veb-skraping usuli orqali yigʻilgan)

Rusum

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

Chevrolet Captiva, 2 pozitsi

16593

19000

-

24000

-

-

-

Chevrolet Captiva, 3 pozitsi

19271

20122

20740

19500

-

-

-

Chevrolet Captiva, 4 pozitsi

20071

21143

24728

25364

28492

35000

36500

Chevrolet Cobalt, 1 pozitsi

7338

7721

8516

8472

8610

8850

-

Chevrolet Cobalt, 2 yevro

8107

8025

8306

8043

9471

9742

10467

Chevrolet Cobalt, 2 pozitsi

7971

8150

8459

8768

9141

9647

10041

Chevrolet Cobalt, 3 pozitsi

8292

8379

9231

9236

8225

10273

9982

Chevrolet Cobalt, 4 pozitsi

8184

9029

9350

9967

9813

10595

11349

Chevrolet Damas

6181

6372

6666

7150

7282

7779

8046

Chevrolet Labo

-

7450

8063

8280

8748

9186

9007

Chevrolet Lacetti

9213

9262

10000

10900

12233

11235

12413

Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya

8695

9072

9387

9728

10255

11258

11883

Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya

9176

8936

9618

10383

10765

11271

11965

Chevrolet Lacetti, 2 pozitsiya

9009

9215

10000

10100

10889

11105

11833

Chevrolet Lacetti, 3 pozitsiya

9545

10063

9680

11554

11853

12757

13881

Chevrolet Malibu 2

-

-

-

23978

26212

27457

28051

Chevrolet Malibu, 2 pozitsiya

14977

15466

16493

22700

27438

23934

28857

Chevrolet Malibu, 3 pozitsiya

16033

16900

17750

28000

26350

26789

28352

Chevrolet Matiz

4688

4470

4283

5554

5042

-

-

Chevrolet Matiz Best, 2 pozitsiya

5100

4813

6000

5433

5189

-

-

Chevrolet Matiz Best, 3 pozitsiya

4543

5063

5404

5513

5108

-

-

Chevrolet Matiz, 1 pozitsiya

4394

4493

4055

4862

5216

-

-

Chevrolet Matiz, 2 pozitsiya

4435

4504

4765

5180

4875

6000

-

Chevrolet Matiz, 3 pozitsiya

4812

4746

4580

5367

5667

5792

-

Chevrolet Matiz, 4 pozitsiya

4639

4942

5275

5271

5950

-

-

Chevrolet Nexia 2

6551

7259

6643

7300

8203

-

-

Chevrolet Nexia 3, 2 pozitsi

-

-

7816

7985

8037

8375

8819

Chevrolet Nexia 3, 4 pozitsi

9000

8478

8498

8907

9461

10182

Chevrolet Spark, 1 pozitsiya

5302

6205

5931

6000

7000

-

8165

Chevrolet Spark, 2 yevro pozitsiya

5989

6127

6859

6955

6968

7321

7776

Chevrolet Spark, 2 pozitsiya

5932

6027

6311

6515

6843

7124

7500

Chevrolet Spark, 3 pozitsiya

6022

6235

6336

7140

7528

7714

8714

Chevrolet Spark, 4 pozitsiya

6050

6672

8167

7413

7863

8565

8846

Chevrolet Tracker, 2 pozitsi

-

-

-

-

17000

18948

19814

Daewoo Damas

5000

-

-

-

-

-

7782

Daewoo Lacetti

9500

8217

9487

9094

-

-

-

Daewoo Matiz (Standart)

4363

4441

4583

5050

-

-

-

Daewoo Matiz Best

4550

5000

5500

-

-

Daewoo Nexia

5936

5761

6200

-

-

-

8429

Daewoo Nexia II

6364

6529

6543

-

-

-

-

Kia Carnival

-

22915

27199

26500

32833

35000

37500

Ravon Nexia R3

-

-

8205

8028

8487

8098

10079

Ravon R4

7908

8200

9500

9094

9570

10014

10534

VAZ (Lada) Largus

9061

10455

11214

12249

12825

13918

13624

VAZ (Lada) Vesta

-

8200

10500

10669

11429

12507

13382

VAZ (Lada) Niva

8000

7129

-

11584

10200

10800

12140

Maʼlumotlar tavsifi

Olingan maʼlumotlarning manbai Uznet tarmogʻidagi elektron tijorat saytlari va savdo maydonchalari hisoblanib, taxminan 20 ming avtomobillar haqida maʼlumotlar toʻplandi. Har bir transport vositasining narxi, rusumi, pozitsiyasi, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel turi, yurgan masofasi, rangi va boshqa parametrlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratildi.

Dastlabki maʼlumotlar avtomobillarning haqiqiy tasnifiga zid boʻlgan maʼlumotlardan tozalangandan soʻng tadqiq qilinadigan avtomobillar soni 10 ming darajasida saqlanib qoldi.

Avtomobil koʻrsatkichi

Kuzatuvlar soni

Oʻrtacha qiymat

Standart ogʻish

Minimal qiymat

Maksimal qiymat

Narxi

10863

7500

4382

750

65000

Ishlab chiqarilgan yili

10863

2012

6

1990

2020

Yurgan masofasi

10863

112752

109496

1

500000

Konditsioneri bor

10863

0,05

0,22

0

1

Oynalarning qoraytirilganligi

10863

0,04

0,20

0

1

Blyutuz bor

10863

0,02

0,15

0

1

Linzali optika tizimi bor

10863

0,01

0,08

0

1

Signalizatsiyali

10863

0,01

0,12

0

1

Boshqalar

…

…

…

…

…

Taʼkidlash joizki, biror bir omilning narxga “sof” holdagi taʼsirini bilish uchun boshqa jihatlar boʻyicha bir xil va faqat taʼsiri oʻrganilayotgan omil boʻyicha farq qiladigan avtomobillar narxlarini solishtirilishi maqsadga muvofiq. Ammo oʻxshash avtomobillarning soni yuzdan ortiq boʻlgan holatlarda ikki guruhdagi (masalan, faqat yoshi boʻyicha farq qiladigan) avtomobillarning oʻrtacha narxlari solishtiriladi.

Marka, rang, sotilish joyi va boshqa jihatlari bir xil boʻlgan va faqat yoshida farq qiladigan avtomobillar solishtirib koʻrilganda bir yilga eskirish narxni oʻrtacha 300-400 dollargacha pasayishiga olib kelishi aniqlandi. Shu bilan birga, natijalarga koʻra, avtoulovning yurib oʻtgan masofasi uning narxga sezilarli taʼsir qilmaydi. Buni ikki narsa bilan izohlasa boʻladi. Birinchidan, ishlab chiqarilgan yili yurib oʻtilgan masofani allaqachon oʻzida aks ettiradi, ikkinchidan, odometrdagi raqamlarni orqaga aylantirish amaliyoti keng tarqalganligi narx va yurilgan masofa oʻrtasidagi bogʻliqlikning koʻrinmay qolishiga olib keladi. Shunga oʻxshash fikrlar bu sohadagi boshqa mutaxassislar tomonidan ham keltirib oʻtilgan.

Avtomobilning ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha yurib oʻtgan masofasi orasida bogʻliqlik mavjud

Manba: Internet maʼlumotlaridan foydalangan holda mualliflarning hisob-kitoblari.

Shu bilan birga, natijalar shuni koʻrsatadiki, bir xil marka, pozitsiya, ishlab chiqarilgan yil, aksessuarlar bilan jihozlangan avtomobillar uchun oynalarni qoraytirilganligi narxni oʻrtacha 350 dollarga oshiradi. Bugungi kunga qadar oynani qoraytirishning eng keng tarqalgan turiga ruxsat olish uchun qariyb 220 dollar toʻlash kerak boʻlgan, qoʻshimcha oʻrnatish xarajatlarini ham inobatga olganda bu natijalarning ishonchliligi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, konditsioner sovutish tizimi mavjudligi avtomobil narxini 170-200 dollarga oshiradi, shuningdek, audio tizimi oʻrnatilganligi narxni qoʻshimcha 100-120 dollarga, Bluetooth imkoniyati mavjudligi 240 dollarga, premium rusumdagi avtomobillarda linzali optika oʻrnatilganligi 420 dollarga qimmatlashtiradi.

Ammo, signalizatsiyali va signalizatsiya oʻrnatilmagan bir xil xarakteristikali avtoulovlar narxlari oʻrtasida sezilarli farq topilmadi. Shunga oʻxshash parda, tuman chiroqlari, ksenon, sezgichlar, gidravlikali boshqaruv tizimi, lyuk mavjudligining narxga sezilarli taʼsiri aniqlanmadi.

Bir xil parametrlarga ega boʻlgan avtomobillar taqqoslaganda "Kaptiva" 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 9500 dollarni, “Kobalt” 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 1400 dollarni, "Kobalt" yevro va milliy versiya narxlardagi farq 300 dollarni, "Lacyetti" 3 va 1-pozitsiya narxlardagi farq 700 dollarni, gazli va gazsiz "Lacyetti" narxlardagi farq 400 dollarni tashkil etdi.

"Malibu 2" va "Malibu 1" markalari oʻrtasidagi farq taxminan 9000 dollarni tashkil etdi. “Matiz” va “Neksiya 2” markalari uchun avtomobilning pozitsiyasi amalda narxga taʼsir qilmasligi aniqlandi, maksimal farq faqat 100-150 dollargacha yetishi mumkin.

Shuningdek, natijalar "Nexia 2"ning "Dons" va "Sons" seriyasiga tegishliligi uning narxiga taʼsir etmasligini koʻrsatadi . Spark uchun ikkilamchi bozorda 4-chi va 1-pozitsiyalar qiymatining farqi 1200 dollarni tashkil qildi va yevro versiya narxi 300 dollarga qimmatroqligi aniqlandi.

Har xil rusumdagi va pozitsiyadagi avtomobillarning oʻrtacha narxi (AQSH dollarida)

Rang ham avtomobillarning narxiga taʼsir qilishi bor gap. Jigarrang, qora, nam asfalt va qizil rang narxning oshishiga olib kelishi aniqlandi. Bundan bilish mumkinki, qora rang endilikda noqulaylik (yuvish uchun xarajatlarning koʻpligi) ramzi emas, balki “shoxonalik” ramziga aylanib qolgan.

Narxga ijobiy taʼsir qiluvchi ranglar qatorida oq rangning yoʻqligini bu rang mashinaning narxiga emas, balki likvidligini (sotib olish va sotish intensivligi) oshishiga hissa qoʻshishi bilan izohlanishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, internet-axborot manbalaridan foydalangan holda katta hajmdagi maʼlumotlarni olish va qayta ishlash bozorlarni yanada tizimli va keng miqyosda tahlil qilish, bozorlar holatini tushuntiruvchi omillarni aniqlashda keng imkoniyatlarni yaratadi.

Baxtiyor Ismoilov, Baxtishod Xamidov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ