| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Tahlil2 daqiqada oʻqiladi97 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, guruch va parranda goʻshti kabi mahsulotlarning oʻrtacha narxi pasaydi.

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 17 noyabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksi ishlab chiqildi.

Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksini tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 17 noyabr holatiga respublikada oziq-ovqat narxlari oʻtgan haftaga nisbatan oʻsish surʼati +1,05% ni tashkil qildi (1-rasm).

1-rasm. Isteʼmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlarining oʻsish surʼati dinamikasi (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, guruch va parranda goʻshti kabi mahsulotlarning oʻrtacha narxi pasaydi (1-jadval).

Maʼlumot uchun: sabzi narxi oʻtgan haftaga nisbatan -2,0% tushib ketdi va 1 kilogram uchun 2023 soʻmni tashkil etdi. Guruch narxi -0,7% ga tushib, 1 kg uchun 9 960 soʻmni tashkil etdi. Mosh (-0,6%) va loviya (-0,4%) narxlari mos ravishda 11 354 soʻm va 11 354 soʻmga teng boʻldi. Tuxum narxi (10 dona) -0,3% ga tushib, 10 485 soʻmni tashkil qildi.

Bir hafta ichida mol goʻshti, un, kartoshka, shakar, sut kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi (1-jadval).

Maʼlumot uchun: mol goʻshti narxi (+0,2%) respublika boʻyicha oʻrtacha 56 592 soʻmni tashkil etdi. Bugʻdoy uni narxi 4 463 soʻmga teng boʻldi, oʻsimlik yogʻi (+0,5%) narxi esa 1 litr uchun 13 573 soʻmni tashkil etdi. Kartoshka, shakar, sut kabi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.

Pomidor (+8,1%) va bodring (+7,6% ) narxlari oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda qimmatlashdi va 1 kilogramm uchun mos ravishda 7 509 soʻm va 10 931 soʻmni tashkil etdi.

1-jadval. 17 noyabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ