| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi59 marta oʻqildi

Ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun grantlar ajratiladi

1 iyun kuni boʻlib oʻtgan “Tiklanish sari yoʻl” mavzusida turizmga oid xalqaro onlayn-konferensiyada Aziz Abduhakimov Turizm sohasidagi inqirozga qarshi jamgʻarma fondi 110 million dollardan oshgani haqida maʼlum qilgan.

Ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun grantlar ajratiladi

1 iyun kuni “Tiklanish sari yoʻl” mavzusida turizmga oid xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov soha boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Aziz Abduhakimov: Turizm-365 telekanalini ochish vaqti kelgandir

Jumladan, turizmni qoʻllab-quvvatlash Fondining subsidiyalari va grantlari quyidagicha ishlatiladi:

  • turizm sohasidagi innovatsion biznes gʻoyalar va “startap” loyihalarini amalga oshirish uchun subsidiyalar ajratish (1,5 mlrd. soʻm miqdorida).

Milliy turoperatorlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • har bir chet ellik sayyoh uchun 15 AQSh dollari miqdorida subsidiya;

  • sotib olingan temir yoʻl va aviachiptalar narxining 30 foizini qoplash.

Xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish uchun mehmonxonalar xarajatlarini qoplash:

  • 3 yulduzli mehmonxona - har bir xonaga 5 million soʻm;

  • 4 yulduzli mehmonxona - har bir xonaga 10 million soʻm;

  • 5 yulduzli mehmonxona - bir xonaga 15 million soʻm;

  • ovqatlanishning tematik punktlari, ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun loyiha qiymatining 30 foiz miqdorida grantlar taqdim etiladi;

  • yangi turistik mahsulotlar va yoʻnalishlarni ishlab chiqish va ilgari surish boʻyicha gidlarga - 5 mln. soʻm, turoperatorlarga - 10 mln. soʻm miqdorida grant ajratiladi.

Inqirozga qarshi jamgʻarmaning umumiy fondi 110 million AQSh dollaridan oshirildi.

Turizmni tiklashga qaratilgan ushbu va boshqa chora-tadbirlar 500 million AQSh dollaridan oshiq turistik pul aylanmasi va 350 million AQSh dollaridan ortiq qoʻshimcha turistik xizmatlar eksportining vujudga kelishiga zamin yaratadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ