| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Andijon viloyati Xonobod shahrida “Life Khonobod” investitsiya va turistik loyihasini amalga oshiriladi

Investorga 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida investor birinchi bosqich uchun 14,3 mln yevro va ikkinchi bosqich uchun 20 mlrd soʻm oʻz mablagʻlari va xorijiy kreditlarni jalb qilish hisobiga investitsiya kiritishi kerak.

Andijon viloyati Xonobod shahrida “Life Khonobod” investitsiya va turistik loyihasini amalga oshiriladi

26 noyabr kuni “Andijon viloyati Xonobod shahrida “Life Khonobod” investitsiya va turistik loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, “Water life mineral” masʼuliyati cheklangan jamiyati (investor)ga Andijon viloyati Xonobod shahrida quyidagilarni tashkil etish boʻyicha bosqichma-bosqich 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi:

I bosqichda – “Life Khonobod” brendi ostida maʼdanli suv ishlab chiqarish, aholi va turistlar uchun ichimliklar galereyasi (byuvet), esdalik buyumlari (suvener) doʻkoni va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar namoyish etiladigan shourumlarni;

II bosqichda – zamonaviy dam olish maskanini (mehmonxona majmuasi).

Loyihani amalga oshirish doirasida investor quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

I bosqichda (2020-2021 yillar) – oʻz mablagʻlari va xorijiy kreditlarni jalb qilish hisobiga 14,3 mln yevro miqdorida investitsiya kiritish va kamida 200 ta yangi ish oʻrnini yaratish;

II bosqichda (2022-2023 yillar) – oʻz mablagʻlari va bank kreditini jalb qilish orqali 20 mlrd soʻm investitsiya kiritish hisobiga zamonaviy 150 oʻrinli dam olish maskanini qurish va kamida 30 ta yangi ish oʻrnini yaratish.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ