| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi66 marta oʻqildi

14 noyabrdan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar joriy etildi

«Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilingan. Ushbu qonun kuchga kirishi munosabati bilan bugungi kunda bir qator xususiy bandlik agentliklari ham litsenziyasini bekor qilish boʻyicha murojaat qilmoqda.

14 noyabrdan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar joriy etildi

AOKAdagi matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi Muhammadzokir Mamatxonovning maʼlum qilishicha, «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilingan. Natijada joriy yilning 14 noyabridan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar joriy etildi:

  • endilikda Oʻzbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan toʻlab beriladi;

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy bandlik agentliklari tomonidan aldangan fuqarolar sonini maʼlum qildi

  • har bir xizmat koʻrsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari «labormigration.uz» dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi;

  • fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida koʻrsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi belgilab qoʻyildi.

Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bugungi kunda bir qator xususiy bandlik agentliklari ham litsenziyasini bekor qilish boʻyicha murojaat qilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ