Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy bandlik agentliklari tomonidan aldangan fuqarolar sonini maʼlum qildi
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan 9 mingdan ortiq fuqarolar jabr koʻrgan. Fuqarolarning pullari firibgarlik yoʻllari bilan oʻzlashtirib yuborilgan.

Xususiy bandlik agentliklari 9338 nafar fuqarodan qariyb 79,1 mlrd soʻmni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib olgan. Bu haqda AOKA zalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:
Vazirlikning reyestridan 104 ta yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 75 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha litsenziya berilgan.
Oʻtgan davr mobaynida 55 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilinib, ularning soni bugungi kunda 20 tani tashkil etmoqda.
Bugungi kunda 11 ta XBAning 51 nafar rahbar va masʼul xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

