Hindiston kompaniyasi Sergelida 500 mln dollarlik qurilish loyihasini amalga oshiradi
Qurilish loyihasida universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sogʻlomlashtirish markazlari, maktab va bogʻchalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Hindistonning Minerva world of knowledge LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 500 mln dollar boʻlgan loyihani amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidan (Senat qaroriga asosan Toshkent shahri hududiga oʻtkazilayotgan) 100 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qurilish loyihasida universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sogʻlomlashtirish markazlari, maktab va bogʻchalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Minerva world of knowledge LLC oʻrtasida 2019 yil 29 avgust kuni investitsion kelishuv imzolangan.
Qayd etilishicha:
I bosqichdagi oʻquv muassasalari 2021 yil IV-chorakda,
ll bosqichdagi shifoxona 2021 yil IV-chorakda;
III bosqichdagi mehmonxona 2021 yil IV-chorakda
IV bosqichdagi turar joylar, savdo va biznes markazlari;
sport majmuasi 2026 yil IV-chorakda qurib bitkazilishi koʻzda tutilgan.
Loyiha 2026 yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

