| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Har yili noyabrda "Keksalar uchun turizm oyligi" oʻtkaziladi.

"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chegirma va aksiyalar toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Har yili noyabrda "Keksalar uchun turizm oyligi" oʻtkaziladi.

"Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha "Keksalar uchun turizm oyligi" deb eʼlon qilindi.

"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida hududlardagi turizm infratuzilma obʼyektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar toʻgʻrisida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining veb-sahifalarida eʼlon qilib boriladi.

Har yili 1 oktyabrga qadar I guruh nogironligi boʻlgan sayohat qiluvchi keksalar roʻyxati shakllantiriladi va ular uchun "Sayohat barcha uchun!" xayriya sayohati loyihasi doirasida mamlakat boʻylab yiliga bir marotabadan koʻp boʻlmagan sayohat tashkil qilinadi.

Shuningdek, mahalliy byudjet va uning orttirib bajarilgan qismidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʻiz keksalarning turar joylari taʼmirlanadi.

Qaror bilan Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ