| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi2 259 marta oʻqildi

Aziz Voitov 84 nafar xodimning mehmonxonada oʻtkazgan kunlari uchun byudjet mablagʻlaridan bir soʻm ham ishlatilmaganligini izohlab berdi

Investitsiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, 918 million 677 ming 500 soʻm toʻlov amalga oshirgani haqidagi xabarni vazirlik masʼul xodimi izohladi.

Aziz Voitov 84 nafar xodimning mehmonxonada oʻtkazgan kunlari uchun byudjet mablagʻlaridan bir soʻm ham ishlatilmaganligini izohlab berdi

Davlat xaridlari boʻyicha ochiqlangan maʼlumotga koʻra, Investitsiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, uch mahal ovqatlangani hamda mehmonxona anjumanlar zalidan foydalangani uchun 918 million 677 ming 500 soʻm toʻlov amalga oshirilgan.

Vazirlik va mehmonxona oʻrtasida tuzilgan 7 aprel kungi shartnomaga qoʻshimcha qilingan hujjatga muvofiq, har bir xodimning mehmonxonada yashab, ovqatlanishi bir sutka uchun 515 ming soʻmga baholangan. Anjumanlar zalidan 22 sutka foydalanish uchun esa 77 million 402 ming soʻm toʻlab berilgan.

Taʼkidlanishicha, ushbu shartnoma Loyiha boshqaruvi milliy agentligining tegishli xatiga asosan mehmonxona bilan toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Aziz Voitov ushbu holat yuzasidan izoh berdi:

«Bugun OAV tarqatayotgan maʼlumotlarga izoh berar ekanman, eʼtiborni nashrda yetishmayotgan baʼzi tafsilotlarga qaratmoqchiman.

Xodimlarni mehmonxonaga joylashtirish toʻgʻrisida qaror birinchi lokdaun kiritilishi bilan bogʻliq boʻlgan vaqt bosimi sharoitida qabul qilingan. Epidemiologik vaziyatning noqulay rivojlanishi natijasida vazirlik oldida karantin cheklovlarining qiyin sharoitida eksport qiluvchi korxonalar va investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali ish uchun minimal miqdordagi kadrlarni kafolatlash vazifasi turgan edi. Oʻrta menejment har bir boʻlimning bir yoki ikkita asosiy mutaxassisi bilan birgalikda masofadan turib ishlash uchun mehmonxonada izolyasiya qilinish ssenariysi tanlandi. Hammasi boʻlib vazirlikning markaziy apparati xodimlaridan 84 nafari tanlab olindi. Koʻpincha, xodimlar uydan masofadan ishlashga oʻtkazildi va ITSV rahbariyati barcha xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda odatdagidek ishlashda davom etishdi.

Mehmonxonani turar joy uchun belgilashning mantiqiyligi aniq va shaffofdir: Inter Hotel - bu bizga qarashli mehmonxona boʻlib, uni Inter Forum DUK boshqaradi. Vaziyatni boshqarish va mablagʻni tejash nuqtai nazaridan, bu shubhasiz eng yaxshi variant, binobarin mablagʻ ITSV tizimi ichida aylangan. Bundan tashqari, ushbu xarajatlarni qoplash uchun byudjet mablagʻlaridan bir soʻm ham ishlatilmagan.

Bundan tashqari, Inter Hotel yuqori narx kategoriyasiga tegishli mehmonxonalardan biri ekanligiga qaramasdan, biz shaxslarni karantinda joylashtirish uchun mehmonxonalarga tavsiya etilgan mablagʻdan chetga chiqmadik. Bu boʻysunuvchi tashkilot tanlovining yana bir ijobiy tomoni, ammo mehmonxonaning oʻzi uchun bizning tashabbusimiz «majburiy» yukga aylanmadi: aksincha – lokdaun sharoitida biz mehmonxonalar xodimlarining kamida qisman bandligini taʼminladik.

Muhimi, shuni taʼkidlashni istardim, ushbu strategiya oʻzining samaradorligini isbotladi - 84 nafar xodimning hech biri koronavirus bilan kasallanmagan. Bu vazirlikning uzluksiz ishlashini va natijada iqtisodiy samarasi yuz millionlab emas, balki trillionlab soʻmni tashkil etadigan loyihalarni amalga oshirishni taʼminladi.

Biroq, kelajakda tashqi soʻrovlar uchun ochiq tashkilot sifatida biz ommaviy axborot vositalaridan konstruktiv yondashuvni kutib qolamiz. Bizning fikrimizcha, vazirlikning keyingi tushuntirishlari bilan emas, balki oldindan olingan maʼlumotlari bilan ushbu turdagi nashrlar bir yoqlama boʻlmas edi. Umid qilamizki, oxir oqibat biz ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro munosabatlarning aynan shu formatiga kelamiz".

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ