Oʻzbekistonda karantin butunlay toʻxtatilmaganiga qaramay yozni togʻda dam olib yoki sayohatda oʻtkazish mumkin
“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi.

“Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020 yilning 1 iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi va yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obʼyektlari hamda boshqalar) faoliyati boshlanadi.
Fuqarolariga Oʻzbekistonga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar roʻyxatini belgilab olgan holda kirish turizmi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) uchun:
2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar foyda soligʻi stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
2020 va 2021 yil yakunlari boʻyicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda oʻtkazish huquqi beriladi;
2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi.
Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimni toʻlashni 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

