Turoperatorlar sayyohlarni jalb qilgani uchun davlat tomonidan ragʻbatlantiriladi
Turoperatorlar va joylashtirish vositalariga foizsiz ssudalar ajratiladi. Turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni umumiy 1,5 milliard soʻm miqdorida qisman subsidiyalash orqali qoʻshimcha koʻmak koʻrsatiladi.

"Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda quyidagilarga belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiladi:
turoperatorlarga 2019 yildagi oʻrtacha oylik ish haqi fondining 3 baravaridan oshmaydigan miqdorda;
joylashtirish vositalariga har bir yotoq oʻrni uchun BHMning 5 baravari miqdorida.
Shuningdek, turizm sohasidagi "startap" loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni umumiy 1,5 milliard soʻm miqdorida qisman subsidiyalash orqali qoʻshimcha koʻmak koʻrsatiladi.
2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda:
respublika hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) xorijiy oshxona yoki alohida yoʻnalish boʻyicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish va targʻib qilishga gidlar uchun 5 million soʻm, turoperatorlar uchun 10 million soʻm miqdorida grantlar ajratish orqali qoʻshimcha koʻmak koʻrsatiladi.
Shu bilan birga, joylashtirish vositalarini (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar boʻyicha 2020 yil 1 martdan 1 iyungacha boʻlgan davrda turizm sohasi subʼyektlarining foiz xarajatlari subsidiyalanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

