Oʻzbekistonga yarim yil davomida qancha turist tashrif buyurgani va qancha oʻzbekistonliklar turistik maqsadda mamlakatni tark etgani maʼlum qilindi
Oʻzbekistonga yarim yil davomida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 60,0 foizga kamaygan. Oʻzbekistondan ketganlar soni esa oʻtgan yilga nisbatan 61,3 foizga kamaygan.

Oʻzbekistonga 2020 yilning yanvar-mart oylari davomida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,2 million kishini tashkil etgan boʻlsa, aprel-iyun oylarida bu koʻrsatkich 2,1 ming kishini tashkil etdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qoʻmitasi.
Shu bilan birga, 2020 yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda ketgan Oʻzbekiston fuqarolari 1,4 million kishini tashkil etgan boʻlsa, aprel-iyun oylarida esa bu koʻrsatkich 3,5 ming kishini tashkil etdi.
Oʻzbekistonga yarim yil davomida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 60,0 foizga kamaygan. Oʻzbekistondan ketganlar soni esa oʻtgan yilga nisbatan 61,3 foizga kamaygan.
MDH davlatlariga 2020 yilning yanvar-mart oylarida ketgan Oʻzbekiston fuqarolari 1,3 million kishini tashkil etgan boʻlib, bu jami ketganlarning 92,7 foizini tashkil etdi. Uzoq xorijiy davlatlarga esa 104,6 ming kishi (yoki 7,3 %) ketgan.
Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlilidan koʻrinadiki, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 million nafar kam chet el fuqarolari tashrif buyurgan. Chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari soni, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida jami 3,7 million kishini tashkil etgan boʻlsa, 2020 yilning mos davrida esa 1,4 million nafarni tashkil etdi.
Oʻzbekistonga Qozogʻistondan 397,9 ming kishi (barcha tashrif buyurganlarning 32,9 % i), Tojikistondan 332,8 ming kishi (27,5 %), Qirgʻizistondan 298,4 ming kishi (24,7 %), Rossiyadan 65,0 ming kishi (5,4 %), Turkmanistondan 60,6 ming kishi (5,0 %) va Ozarbayjondan 2,0 ming kishi (0,2 %) tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Turkiyadan 13,6 ming kishi (1,1 %), Janubiy Koreyadan 5,3 ming kishi (0,4 %), Xitoydan 4,5 ming kishi (0,4 %), Hindistondan 3,6 ming kishi (0,3 %), Yaponiyadan 1,3 ming kishi (0,1 %) va Fransiyadan 0,9 ming kishi (0,1 %) tashrif buyurgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

