Toshkentdagi "Oʻzbekiston" mehmonxonasi sotildi
"Otel Uzbekistan" MChJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotib olish boʻyicha "Bashan investment group pte ltd" (Singapur) kompaniyasi 4 yulduzli mehmonxona tashkil etish taklifi bilan tenderdan yutib oldi.

Toshkentdagi "Oʻzbekiston" mehmonxonasidagi davlat ulushi sotilgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 avgustdagi "Mehmonxona sohasiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 661-son qaroriga muvofiq, "Otel Uzbekistan" MChJ QKning 80,1 foiz davlat ulushi ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, agentlik "Otel Uzbekistan" MChJ QKning 80,1 foiz davlat ulushi dastlab 33 mln dollarga tanlov savdolari orqali sotuvga chiqarilgan edi.
Mazkur davlat ulushini sotish shartlari etib xarid toʻlovini toʻlashdan tashqari:
a) 2 yil muddatda 100 mlrd. soʻm investitsiya kiritish;
b) davlat ulushini sotib olgandan soʻng 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmatini koʻrsatish) saqlash;
v) tashqi fasadini oʻzgartirmasdan mehmonxonani taʼmirlash;
g) mehmonxonani boshqarishga eng yaxshi menejerlarni jalb qilish belgilangandi.
Yuqorida koʻrsatilgan narxda (33 mln. dollar) talabgorlardan murojaat tushmagani sababli, davlat ulushining boshlangʻich narxi prezidentning 2014 yil 3 iyuldagi "Davlat mulki obʼyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" PQ–2200-son qaroriga asosan, 10 foizdan bosqichma-bosqich 30 foizgacha pasaytirilgan holda 23,1 mln. dollar narxida tanlov savdolariga chiqarildi.
"Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida mehmonxona biznesi va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan Buyuk Britaniya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur davlatlarining bu sohadagi taniqli kampaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakuni boʻyicha yakuniy taklif bergan 6ta kompaniyalarning takliflari oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha, "Otel Uzbekistan" MChJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotib olish boʻyicha "Bashan investment group pte ltd" (Singapur) kompaniyasining – 24 oy mobaynida 23,2 mln dollar toʻlash, 1,5 yil ichida 100 mlrd soʻm investitsiya kiritish va 4 yulduzli mehmonxona tashkil etish taklifi Davlat tender komissiyasi tomonidan maʼqullandi", deyiladi xabarda.
Ushbu qarorga asosan, agentlik va Singapur kompaniyasi oʻrtasida shartnoma imzolangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

