| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi70 marta oʻqildi

Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi

Ushbu kompensatsiyalar turizm sohasi subʼyektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensatsiyalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi

“Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, turizm sohasi subʼyektlarining kreditlari boʻyicha quyidagi foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismi kompensatsiya qilinadi:

  • joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar boʻyicha 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan foiz xarajatlari;

  • yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari;

  • aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan 1 mlrd soʻmgacha miqdordagi kreditlar boʻyicha 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar boʻlgan foiz xarajatlari.

Shuningdek, joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar boʻyicha 2020 yil 1 martdan 1 iyungacha boʻlgan davrda foiz xarajatlari toʻliq hajmda kompensatsiya qilinadi.

Ushbu kompensatsiyalar turizm sohasi subʼyektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensatsiyalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.

Qaror bilan Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, subsidiyalar:

  • turoperatorlarga – avia va temir yoʻl chiptalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;

  • turoperator va turagentlarga – Oʻzbekistonga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun;

  • joylashtirish vositalariga – joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uchun ajratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ