| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓

Turizm

65 ta material

Iqtisodiyot va biznes

Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Soʻnggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirishga start berildi

Toshkent shahridagi “Cloudʼs” restoranida Oʻzbekistonda tibbiyot turizmi salohiyatini rivojlantirishga start berildi. Tadbirni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining "Turizmning alohida turlarini rivojlantirish boshqarmasi" boshligʻi Jamshid Gaziyev ochib berdi hamda mamlakatimizda turizmning ushbu yoʻnalishini rivojlantirishning ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot turizmi sohasiga alohida strategik ahamiyat berilmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston BAAdagi madaniy meros festivalida oʻz milliy stendi bilan qatnashmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29 noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali oʻz ishini boshladi. Festivalda Oʻzbekiston oʻz stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston-Xitoy: Turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari

27 noyabr kuni Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF)ning Markaziy Osiyo konferensiyasida Jahon sayyohlik shaharlar federatsiyasi ekspert kengashi aʼzosi Din Pey I soʻzga chiqib, "Xitoyda chiqish turizm bozori va Oʻzbekiston bilan turizm sohasida yanada hamkorlik" mavzusida ishtirokchilarga oʻz fikrlarini bayon etdi.

Jamiyat

Toshkentda “FASHION WEEK-2019” Modalar haftaligi boʻlib oʻtmoqda

19 noyabr kuni poytaxtda “Tashkent Fashion Week-2019” Modalar haftaligi ochildi. Tadbir tashkilotchilari – “Osiyo Ramzi” Oʻzbekiston Respublikasi dizaynerlar assotsiatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston “Madaniy-tarixiy meros boʻyicha eng yaxshi turistik yoʻnalish” sifatida eʼtirof etildi

«Indiaʼs Best Awards - 2019» tadbiri «Travel+Leisure» yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazildi.

Iqtisodiyot va biznes

Toshkentda Turistik brend elchilari xalqaro forumi oʻtkaziladi

Bugun boshlanadigan “Ipak yoʻlida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi boʻlib oʻtadi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Iqtisodiyot va biznes

Sahid Hotel & Resort Oʻzbekistonda mehmonxona quradi

Indoneziyaning Sahid Hotel Management & Consultant (Sahid Hotels & Resorts) hamda Devel Eco Group LLC kompaniyasi Oʻzbekistondagi ikkinchi mehmonxonasini qurmoqchi.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi

Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari Londonda tashkil etilgan “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Turkistan: One way – One history” Xalqaro turistik forumida ishtirok etdi

4 noyabr kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumi oʻz ishini boshladi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimkulova, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, diplomatik korpus hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Madaniyat

Samarqandda «Samarkand Half Marathon» xayriya marafoni boʻlib oʻtdi

Mazkur tadbirda 20 ga yaqin mamlakat va respublikamiz viloyatlari va Toshkent shahridan 3 000ga yaqin marafonchilar ishtirok etdi.

Iqtisodiyot va biznes

2020 yilgacha Samarqandda oltita, kelgusi yilda ellikta mehmonxona oʻz faoliyatini boshlaydi

Shu bilan birga mazkur yilda jismoniy shaxslar tomonidan 15 ta mehmon uylari tashkil etiladi. Natijada 185 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Iqtisodiyot va biznes

Istanbul-Buxoro yoʻnalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan bir qator koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

Qoraqalpogʻistondagi Akchakoʻl va Sudoche koʻllarida sayyohlik zonalari tashkil etiladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Investitsiya portaliga Qoraqalpogʻiston Respublikasida rejalashtirilgan turizm sohasidagi 2 ta investitsiya taklifini joylashtirdi: bu Akchakoʻl koʻlida sayyohlik kompleksi va Sudoche koʻlida qushlarni kuzatish punktlarini yaratish (qushlarni kuzatishni ommalashtirish) boʻyicha maxsus ekoturizm majmuasini yaratish.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ