Toshkentda “FASHION WEEK-2019” Modalar haftaligi boʻlib oʻtmoqda
19 noyabr kuni poytaxtda “Tashkent Fashion Week-2019” Modalar haftaligi ochildi. Tadbir tashkilotchilari – “Osiyo Ramzi” Oʻzbekiston Respublikasi dizaynerlar assotsiatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

19 noyabr kuni poytaxtda “Tashkent Fashion Week-2019” Modalar haftaligi ochildi. Tadbir tashkilotchilari – “Osiyo Ramzi” Oʻzbekiston Respublikasi dizaynerlar assotsiatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
“Tashkent Fashion Week-2019” professional dizaynerlar va Modalar uylariga oʻz liboslarini namoyish etish va modalar dunyosidagi tendetsiyalar haqida maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Taʼkidlash joizki, moda turizm industriyasi uchun alohida ahamiyatga ega boʻlib, sayohat yoʻnalishini tanlashdagi asosiy mezonlardan biridir.
Bugungi kunda oʻzbek milliy matolari xalqaro hamjamiyat va jahon moda uylarida katta qiziqish uygʻotmoqda, oʻzbek dizaynerlari esa, oʻz navbatida, milliy anʼanalarni saqlab qolgan holda zamonaviy modaga yangi elementlarni jalb qilishga harakat qilishmoqda. Oʻzbekistonda yildan-yilga moda sanoatida sayyohlarni yanada koʻproq jalb qilayotgan isteʼdodlar soni oshib bormoqda.
Haftalik doirasida oʻzbek sanʼati va matolari hamda Oʻzbekistonning mashhur dizaynerlari mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish koʻzda tutilgan. Moda haftaligi 24 noyabrgacha davom etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

