Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
Soʻnggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.

Soʻnggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (DUK) ham soha rivojiga oʻz hissasini qoʻshish yoʻlida qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, sohadagi yangi davlat standartlarini ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish, axborot texnologiyalarini joriy qilish, tadbirkorlik subʼyektlari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida seminar va treninglar tashkil qilish shular jumlasidandir.
Amalga oshirilgan loyihalardan yana biri - mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga yangi ishga kirgan, sohada tajribaga ega boʻlmagan xodimlarning kasb malakasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan mobil ilova.
Mobil ilovada joylashtirish vositalari (masalan, mehmonxonalar)ga tashrif buyuruvchi sayyohlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi kasblar oʻrin olgan, bular - kutib olish va joylashtirish xizamati, xonalarni tozalash xizmati, konserj, shveysar, ofitsiant, qoʻriqlash xizmati, barmen.
Yangi mobil ilova oʻzbek va rus tillarida, matn va audio shaklida, android platformasida ishlab chiqilgan. Foydalanuvchilar kasblari haqida nafaqat oʻqib, balki tinglagan holda ham bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari mumkin.
Mazkur mobil ilovadan foydalanishni istaganlar uni “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK veb-saytidan (tourquality.uz) yuklab olishi mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

