| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 938 marta oʻqildi

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda.

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Turkiya aviatashuvchisi vakillarining 8 oy davomida oʻz yechimini kutayotgan masalasi Oʻzbekiston va xorij davlatlari shaharlari oʻrtasidagi aviatashuvlarni oshirish yoʻlida koʻrilgan choralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda «Uzbekistan Airports» AJ saʼy-harakatlari bilan hal boʻldi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida masala ijobiy hal boʻldi hamda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi.

Maʼlumot uchun: «Atlasglobal» (2015 yilgacha «Atlasjet Havacılık A.Ş» deya yuritilgan) — Turkiyaning Yevropa va Osiyo, shuningdek mamlakat ichida muntazam va charter yoʻlovchi aviatashuvlarini amalga oshiruvchi aviakompaniyasi. «ETS Group»ga tegishli ushbu aviakompaniya Istanbuldagi yangi aeroportda joylashgan boʻlib, Dalamanda qoʻshimcha xabga ega.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Turkiya aviakompaniyasi jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek din arboblari va olimlarni jalb qilgan holda ikki charter reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.

«Atlasglobal» Oʻzbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi koʻmagida 31 oktyabr – 4 noyabrda Istanbul-Buxoro va Samarqand-Istanbul yoʻnalishidagi birinchi charter reysini amalga oshiradi.

«IATA summer 2020» yoz mavsumidan boshlab esa «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 aviareysni amalga oshirish rejalashtirilgan, buning natijasida esa Oʻzbekistonga 10 mingdan ziyod sayyohning tashrifi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ