| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi520 marta oʻqildi

Toshkentda Turistik brend elchilari xalqaro forumi oʻtkaziladi

Bugun boshlanadigan “Ipak yoʻlida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi boʻlib oʻtadi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Toshkentda Turistik brend elchilari xalqaro forumi oʻtkaziladi

Bugun boshlanadigan “Ipak yoʻlida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi boʻlib oʻtadi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Unda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi turistik brend elchisi – mashhur akter Yuriy Stoyanov, Isroildagi turistik brend elchisi – taniqli aktyor, “Xanda” teatri badiiy rahbari Xay Davidov, Qozogʻistondan – Lazzat Axanova hamda Buyuk Britaniyadan – nufuzli marketolog Sofi Ibbotson ishtirok etadi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga doir muhim choralardan biri xorijiy mamlakatlarda turistik brend elchilari institutining joriy qilinishi boʻldi. Shu kunga qadar oʻz mamlakatlarida taniqli boʻlgan shaxslar, jamoat arboblari turistik brend elchilari maqomini qoʻlga kiritishgan. Elchilar faoliyatining asosiy yoʻnalishi Oʻzbekiston turistik salohiyatini targʻib qilish hamda respublikaning tanilishini oshirish hisoblanadi.

Oʻzbekiston turistik brend elchilari xalqaro forumi mamlakatimizda birinchi marta oʻtkazilayotgani bilan ham ahamiyatlidir. Ilk forumning oʻtkazilishi XXV Toshkent xalqaro turistik koʻrgazmasiga toʻgʻri kelgani ham oʻziga xos ramziy ahamiyat kasb etadi. Shu kunga qadar Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi turistik brendlari soni 14 nafarni tashkil qiladi:

Rossiya – Yuriy Stoyanov;

Isroil – Xay Davidov;

Qozogʻiston – Lazzat Axanova;

Buyuk Britaniya – Sofi Ibbotson;

Pokiston – Qosim Ali-Shox;

Avstriya – Gertruda Tauxammer;

Indoneziya – Eko Sri Margianti;

Malayziya – Daler Yusuf;

Hindiston – Ritu Beri;

Koreya Respublikasi – Li Yeng Ye;

Malayziya – Mohd Asri Zain-ul Abidin;

Singapur – Fillip Tan Yeng Seong;

Yaponiya – Atsuko Mayeda;

Fransiya – Jerar Deparde.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ