Oʻzbekiston BAAdagi madaniy meros festivalida oʻz milliy stendi bilan qatnashmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29 noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali oʻz ishini boshladi. Festivalda Oʻzbekiston oʻz stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29 noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali oʻz ishini boshladi. Festivalda Oʻzbekiston oʻz stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va «Hunarmand» uyushmasi hamkorligida festivalning markaziy maydonida Oʻzbekistonning keng koʻlamli karvonsaroy paviloni tashkil etilgan. U yerda mehmonlar uchun oʻzbekona supalar, ustaxonalar va hunarmandlar rastalari, oʻzbek oshxonasi maydoni va sanʼatkorlar chiqishlari uchun sahnalar joy olgan.
Oʻzbekiston 26 ta davlat bilan bir qatorda ikkinchi yil oʻz milliy paviloni bilan qatnashmoqda va festivaldagi eng yorqin toʻrt maydondan biriga aylanmoqda. Xalqaro festival ishtirokchilari paradi Oʻzbekiston pavilonidan boshlanadi.
Maʼlum qilinishicha, festival maydoni har bir amirlikning maxsus tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarining maketlari koʻrgazmasini oʻzida jamlagan. Festival Shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayonning BAA merosi, xususan, jahon sivilizatsiyasining umuminsoniy merosini asrashga boʻlgan saʼy-harakatlarini aks ettiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

