Sahid Hotel & Resort Oʻzbekistonda mehmonxona quradi
Indoneziyaning Sahid Hotel Management & Consultant (Sahid Hotels & Resorts) hamda Devel Eco Group LLC kompaniyasi Oʻzbekistondagi ikkinchi mehmonxonasini qurmoqchi.

Indoneziyaning Sahid Hotel Management & Consultant (Sahid Hotels & Resorts) hamda Devel Eco Group LLC kompaniyasi Oʻzbekistondagi ikkinchi mehmonxonasini qurmoqchi. Bu haqda idnfinancial nashri xabar bermoqda.
Sahid Zarafshon Bukhara deb nomlanadigan mehmonxona 2020 yilning fevral oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Sahid Hotels and Resortsning bosh direktori Hariyadi Sukamdani Buxoroning turistik salohiyati ortib borayotgani tufayli bu shaharda mehmonxona qurishga qaror qilganini aytib oʻtgan. “Buxoro Markaziy Osiyodagi Islom svilizatsiyasi markazi”, - deya tushuntirdi u Jakardagi mehmonxonani boshqarish bitimini imzolashda.
Hariyadining aytishicha, Oʻzbekiston tarixiy binolarining meʼmoriy yechimlari goʻzalligi bilan ham mashhur. U, shuningdek, islomdagi mashhur imomlardan biri Imom al-Buxoriyning Vatani hamdir.
Sahid Hotels and Resortsning ilk mehmonxonasi Sahid Royal Place Samarkand deb nomlanadi va u Samarqandda mehmonlariga xizmat koʻrsatadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

