Qoraqalpogʻistondagi Akchakoʻl va Sudoche koʻllarida sayyohlik zonalari tashkil etiladi
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Investitsiya portaliga Qoraqalpogʻiston Respublikasida rejalashtirilgan turizm sohasidagi 2 ta investitsiya taklifini joylashtirdi: bu Akchakoʻl koʻlida sayyohlik kompleksi va Sudoche koʻlida qushlarni kuzatish punktlarini yaratish (qushlarni kuzatishni ommalashtirish) boʻyicha maxsus ekoturizm majmuasini yaratish.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Investitsiya portaliga Qoraqalpogʻiston Respublikasida rejalashtirilgan turizm sohasidagi 2 ta investitsiya taklifini joylashtirdi: bu Akchakoʻl koʻlida sayyohlik kompleksi va Sudoche koʻlida qushlarni kuzatish punktlarini yaratish (qushlarni kuzatishni ommalashtirish) boʻyicha maxsus ekoturizm majmuasini yaratish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining loyihalari keng sarmoyadorlar uchun imkoniyatlarini ochishga, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va bandlikni taʼminlashga, mintaqani yangi sayyohlik yoʻnalishi sifatida ommalashtirishga, shuningdek ekologik muvozanatni saqlashga va noyob biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan.
Investitsiya loyihasiga koʻra Akchakoʻl koʻlida, mehmonxonalar majmuasi va oʻtovlar, choʻmilish va dam olish maskani, mavzuli parklar va restoranlar, suv attraksionlari (suv skuterlari, katamaranlar, yaxtalar, qayiqlar, suv batutlari) va sport majmuasi (plyaj futboli, voleybol, tennis, velosiped ijarasi va boshqalar) qurish rejalashtirilgan.
Rejalashtirilgan majmuaning maydoni 5 gektarni tashkil etadi, yiliga 50-60 ming kishiga xizmat koʻrsatish mumkin. Loyihaning umumiy qiymati 2 million dollarga baholanmoqda. Bunga qurilish-montaj ishlari, zarur uskunalar sotib olish va boshqa xarajatlar kiradi. Loyihani oʻzini oqlash muddati 4-5 yilni tashkil etadi. Investitsiyaviy taklif haqida batafsil maʼlumot bu yerda ssilka.
Moʻynoq tumanidagi Sudoche koʻli boʻyida loyihani amalga oshirish uchun 70 ming dollar jalb qilish kerak. Bundan, loyihaning umumiy qiymati 83 ming dollarni tashkil etadi, qolgan xarajatlarni loyiha tashabbuskorlari toʻlaydi. Investitsion taklif doirasida turar joy va ovqatlanish joylari, transport vositalari (ATV va qayiqlar) sotib olish va mini-quyosh energiyasini oʻrnatish rejalashtirilmoqda, zarur infratuzilmani qurish investitsiyalarning toʻliq hajmini jalb qilgan vaqtdan boshlab 3 oyni tashkil etadi. Ushbu loyiha yiliga 9-10 ming turistga xizmat koʻrsatishga imkon beradi. Tashabbuskorlarning hisob-kitoblariga koʻra, loyihani oʻzini oqlash muddati ishga tushganidan keyin 2 yil boʻlishi kutilmoqda.
Shuni taʼkidlash kerakki, Sudoche koʻllari tizimi Gʻarbiy Osiyo koʻchib yuruvchi qushlarning koʻplab turlarining migratsion oqimida joylashgan. Soʻnggi yillarda ornitologlar noyob manzarani kuzatmoqdalar: koʻlda uyalariga pushti flamingolarning katta koloniyalari kelishi. Hozirgi vaqtda suv ombori hududida Sudoche ornitologik qoʻriqxonasi tashkil etildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

