| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi463 marta oʻqildi

Oʻzbekiston “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi

Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari Londonda tashkil etilgan “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oʻzbekiston “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi

Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari Londonda tashkil etilgan “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taʼkidlash joizki, WTM turizm sohasida eng yirik va ommabop xalqaro koʻrgazmalardan biri boʻlib, 1980 yildan beri har yili oʻtkazilib kelinmoqda. Bu yil mazkur koʻrgazma dunyoning 182 mamlakatidan kelgan 50 mingdan ortiq qatnashchinini birlashtirdi. Ushbu koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar 100 ming kishidan oshdi hamda 2 ming 800 dan ortin OAV vakili yarmarka ishini yoritib bordi.

Oʻzbekiston 2009 yildan beri mazkur xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etib kelmoqda. Joriy yil mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekistan havo yoʻllari” MAK va “People Travel”, “Orient Voyages”, “Hyatt Regency Tashkent”, “Compass Tours”, “Ulysee Tour” sayyohlik agentliklari vakillari tashkil qildi. Oʻzbekiston milliy stendida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, madaniy merosi va zamonaviy qiyofasi taqdim etildi, videoroliklar namoyish qilindi.

Koʻrgazmada ishtirok etish turoperatorlarga turizmni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish, ushbu biznesning yangi yoʻnalishlari hamda samarali boshqarish usullari bilan tanishish imkoniyatini berdi. Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi koʻrgazma doirasida Buyuk Britaniya sayyohlik uyushmalari, jumladan, “Association of Group Operators”, “National Tourist of Offices & Representatives Association”, “Association of British travel agent”, “Association of independent tour operators”, turoperatorlari, “Travel The Unknown”, The Travel Experts”(religious Tourism), “Silk Road Adventures”, Sayohat va turizm masalalari boʻyicha Britaniya instituti, “Wonderlust Magazine” nashriyoti vakillari va boshqa xalqaro hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli bitimlar tuzdi.

Delegatsiya BMT Jahon sayyohlik tashkilotining “Qishloq joylarda turizmni rivojlantirishning zamonaviy texnalogiyalari” mavzuidagi vazirlik sammitida ham qatnashdi. 50 dan ortiq turizmni rojlantirish vazirligi va sayyohlik kengashi maʼmuriyati rahbarlari qatnashgan mazkur sammitda global turizm sohasidagi dolzarb masalalar, tarmoqni yanada rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd eʼtish joizki, koʻrgazma doirasida amerikalik mutaxassis Tara Pendaya oʻzbek milliy raqs sanʼatini taqdim qildi. U tomonidan ijro etilgan raqslar koʻrgazma ishtirokchilari orasida Oʻzbekiston madaniyatiga qiziquvchilar soni ortishiga xizmat qildi. T.Pendaya oʻzbek raqslariga boʻlgan muhabbati tufayli ushbu sanʼat turini mukammal darajada oʻrganib, turli mamlakatlarda oʻtkazilayotgan xalqaro koʻrgazmalarda oʻz iqtidorini namoyish etib kelmoqda.

Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari mazkur koʻrgazmada Buyuk Britaniya va Yevropa sayyohlarining mamlakatimizga oqimini yanada oshirish borasida manfaatli kelishuvlarga erishdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ