| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 076 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirishga start berildi

Toshkent shahridagi “Cloudʼs” restoranida Oʻzbekistonda tibbiyot turizmi salohiyatini rivojlantirishga start berildi. Tadbirni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining "Turizmning alohida turlarini rivojlantirish boshqarmasi" boshligʻi Jamshid Gaziyev ochib berdi hamda mamlakatimizda turizmning ushbu yoʻnalishini rivojlantirishning ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot turizmi sohasiga alohida strategik ahamiyat berilmoqda.

Prezidentning 2018 yil 7 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 5590 - Qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi «2019-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot turizmini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi loyihasini ishlab chiqdi. Oʻzbekistonda turizm va tibbiyot sohalarida oʻtkazilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, bu borada chet ellik fuqarolarning mamlakatimizga kirib kelishini koʻpaytirish maqsadida “Medtravel Global System” NNT tashkil qilingan edi.

28 noyabr kuni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoʻllab-quvvatlashi ostida faoliyati Oʻzbekistonda tibbiyot turizmi salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Medtravel Global System” global loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Loyihaning asosiy maqsadi nafaqat davlatimiz ichida, balki uning tashqarisida ham davolash-kurort hududlariga boʻlgan talabni koʻpaytirish orqali xalqaro maydonda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirishdir.

“Medtravel Global System” platformasi sogʻliq, goʻzallik madaniyati va hayot sifati masalalariga eʼtiborni qaratuvchi yangi “ANATOMICÁ” jurnali tashabbuskori hisoblanadi. Jurnal aholi oʻrtasida tibbiy bilimni kengaytirish va Oʻzbekistondagi tibbiy xizmatlarga boʻlgan ishonchni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan. Nashr oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Ingliz tilida soʻzlashuvchi insonlar uchun www.anatomica.uz saytida jurnalning ingliz tilidagi digital talqini ishlab chiqilgan. Jamoaning maqsadi – koʻp millatli mamlakatimizning har bir xonadonigacha kirib borib, haqiqiy sayyohlar qoʻlidan va koʻnglidan joy olishdan iborat.

Jurnal “Medtravel Global System” platformasining butun dunyo boʻyicha tashrif qogʻoziga aylanishi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ