| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 390 marta oʻqildi

Oʻzbekiston “Madaniy-tarixiy meros boʻyicha eng yaxshi turistik yoʻnalish” sifatida eʼtirof etildi

«Indiaʼs Best Awards - 2019» tadbiri «Travel+Leisure» yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston “Madaniy-tarixiy meros boʻyicha eng yaxshi turistik yoʻnalish” sifatida eʼtirof etildi

Oʻzbekiston Hindistonda boʻlib oʻtgan «Indiaʼs Best Awards - 2019» turizm tadbirining “Madaniy-tarixiy meros boʻyicha eng yaxshi turistik yoʻnalish” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. «Indiaʼs Best Awards - 2019» tadbiri «Travel+Leisure» yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazildi.

Mukofotlar xorijiy davlatlar hamda Hindiston shtatlari boʻyicha 50 nominatsiya boʻyicha topshirildi. “Eng yaxshi oilaviy sayohat”, “Asal oyi uchun eng yaxshi yoʻnalish”, “Toʻy uchun eng yaxshi yoʻnalish”, “Eng yaxshi kurort-otel” kabilar shular jumlasidandir. Gʻoliblar jurnal oʻquvchilari hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlandi.

Taʼkidlash joizki, «Travel+Leisure» jurnali AQSh, Avstraliya, Xitoy, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek koʻplab boshqa davlatlarda chop etiladi. Tadbir doirasida mazkur jurnal muharriri Ayndrila Mitra 2020 yilda Oʻzbekistonning turistik salohiyatiga bagʻishlangan maxsus loyihalarni amalga oshirmoqchi ekanini maʼlum qildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ