Oʻzbekiston delegatsiyasi “Turkistan: One way – One history” Xalqaro turistik forumida ishtirok etdi
4 noyabr kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumi oʻz ishini boshladi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimkulova, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, diplomatik korpus hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

4 noyabr kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumi oʻz ishini boshladi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimkulova, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, diplomatik korpus hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
“Oʻzbekistonda 2016 yildan turizm strategik sohalardan biri sifatida belgilab olindi, shu bois qoʻshni davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunda Ipak yoʻli zonasini yaratish (Silk Visa rejimini joriy qilish)ga doir loyihani amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugun biz aniq natijaga erishish yoʻlida hamkasblarimiz bilan ushbu masalani yana bir bor muhokama qilamiz”, - dedi Aziz Abduhakimov oʻz nutqida. Shu bilan birga, turistlar oqimi, investorlar uchun imtiyozlar hamda Oʻzbekistonda turizm sohasida kuzatilayotgan oʻzgarishlarga oid maʼlumotlar taqdim etildi.
“2018 yildan boshlab Oʻzbekiston Prezidenti qarori bilan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi hamda sayyohlarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Buyuk Ipak yoʻli mamlakatlarida turizmni tiklash borasida faol ishlar olib borilmoqda. Yirik reyting agentliklari Oʻzbekistonni turizm sohasi eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida eʼtirof etmoqda, turizm rivoji dinamik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston tarixida eng katta oʻsishni namoyish etmoqda”, - dedi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov. Bundan tashqari, Qoʻmita raisi viza rejimining soddalashtirilgani, vizaning alohida turlari hamda ikki tomonlama munosabatlar rivoji haqida soʻzladi. Forum doirasida Ipak yoʻli kesimidagi mamlakatlarda turizmni rivojlantirish, turizm sohasini raqamlashtirish hamda marketing yoʻnalishidagi yangi imkoniyatlar va trendlar, shuningdek kelajak iqtisodiyotida hozirgi yoshlarning tutgan oʻrni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro forum ishida 300 dan ortiq kishi ishtirok etib, ularning orasida xorijiy mamlakatlar vazirliklari vakillari, turizm sohasining xalqaro darajadagi professionallari, davlat hukumat organlari, xalqaro biznes hamjamiyati, turistik tashkilotlar, uyushmalar va investitsion kompaniyalar vakillari bor. Taʼkidlash joizki, 4-5 noyabr kunlari forum doirasida “Silk Road Craftsman-2019” xalqaro hunarmandlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda.
4 noyabr kuni yarmarkaga Qozogʻistonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qozogʻiston Bosh vaziri Askar Mamin, Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Turkiston viloyati hokimi Umurzak Shukeyev hamda diplomatik korpuslar vakillari tashrif buyurishdi. Yarmarkada Ozarboyjon, Turkiya, Rossiya, Eron, Hindiston, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan 200 dan ziyod hunarmand ishtirok etdi. Mazkur xalqaro yarmarka xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, hunarmandchilik maktablari anʼanalarini tiklash hamda asrash yoʻlida xizmat qiladi.
Forumning ikkinchi kuni, yaʼni 5 noyabrda Turkiston viloyatining diqqatga sazovor maskanlari boʻylab informatsion tur oʻtkaziladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

