| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi119 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi

Ushbu robot imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish oʻrinlarining koʻpayishiga ham xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda oʻz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda koʻmakchi sifatida ishlatish mumkin. Uning yana bir qancha qoʻshimcha funksiyalari hamda narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari hamkorlikda NovAssistant universal robotini yaratdilar. Bu Innovatsion rivojlanish vazirligi yangi binosida tashkil etilgan robototexnika laboratoriyasi mutaxassislari koʻmagida amalga oshirilgan ilk loyihadir. Robotni yaratgan jamoa aʼzolari – Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Poʻlatov ( dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (konstruktor), Saidaloxon Ergashxoʻjazoda (mexanik) talabalar boʻlib, ular 19-20 yoshli yigitlar ekanligi diqqatga sazovordir, deydi vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova.

Mazkur universal robotning yaratilishi tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga koʻmaklashadi, shuningdek, imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish oʻrinlarining koʻpayishiga xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda oʻz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda koʻmakchi sifatida ishlatish mumkin.

Buyurtmachining istak-xohishiga koʻra mazkur robotni istagan koʻrinishda yasash mumkin. Shuningdek, sunʼiy intellekt, odamni tanish, xonadagi uskunalarni boshqarish kabi qoʻshimcha funksiyalarni ham qoʻshib yaratish imkoniyati mavjud. Robotni ilova orqali yoki ovoz bilan boshqarish mumkin.

Mazkur loyihani rivojlantirish orqali robot assistentlarini joriy etilishi yurtimizning xizmat koʻrsatish sohalari jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy robotlarning keng tatbiq qilinishi yoshlarda robototexnikaga, muhandislik sohalariga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Robototexnika sohasida importni kamaytirib, ichki ishlab chiqarish hajmlarini kengaytiradi.

Bunday robotlarning xorijdagi narxi oʻrtacha narxi 180 mln. soʻmga toʻgʻri kelsa, milliy xizmatchi robotlarimizning oʻrtacha narxi komplektatsiyasiga qarab 25–45 mln. soʻmni tashkil etadi.

Fotogalereya 3

  • Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi — 1-surat, jami 3 ta
  • Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi — 2-surat, jami 3 ta
  • Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi — 3-surat, jami 3 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ