Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi
2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam boʻlmagan maʼlumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston Prezidentining 5 oktyabrdagi «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq, har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam boʻlmagan Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.
Farmonga koʻra,
2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.
2021 yil 1 yanvardan:
fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, axborot xavfsizligini taʼminlash va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
tajriba tariqasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari bilan elektron munosabatlarni yoʻlga qoʻyish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;
barcha uchun ochiq boʻlgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasi yaratiladi.
2021 yil 1 iyuldan Ochiq maʼlumotlar portalida davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalarini roʻyxatga olish va boshqa umumfoydalanishdagi statistik maʼlumotlar onlayn joylashtirib boriladi.
2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir tuman va shaharlarda mavjud infratuzilma obʼyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari ochiladi.
2022 yil 1 yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlanadi.
2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam boʻlmagan maʼlumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.
2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda mavjud taʼlim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

Mobil telefon raqamini oʻzgarishsiz boshqa kompaniyaga oʻtkazish mumkin

