| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi

Microsoft TikTok ijtimoiy tarmogʻini sotib olishga urinyapti

TikTok ilovasi 2017 yili yaratilgan. Undan asosan oʻsmirlar faol foydalanadi.

Microsoft TikTok ijtimoiy tarmogʻini sotib olishga urinyapti

Microsoft Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan TikTok ijtimoiy tarmogʻini sotib olish borasida muzokaralar oʻtkazmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi.

Nashrda aytilishicha, AQSh prezidentni Donald Tramp Xitoy kompaniyasini oʻz hududida nazorat qilishning imkoni yoʻqligi uchun TikTokni bloklashga urinmoqda. Prezident maʼmuriyati bu haqdagi qarorni 24 soat ichida eʼlon qilishi mumkin.

Maʼlumot uchun: TikTok ilovasi 2017 yili yaratilgan. Undan asosan oʻsmirlar faol foydalanmoqda. Hindiston va Gonkong esa bu ijtimoiy tarmoqni allaqachon bloklagan.

Microsoft va TikTok esa muzokaralar natijasi yoki biror bir bitim haqida maʼlumot berishni rad etmoqda.

Avval ham amerikalik investorlar TikTokni sotib olishga bir necha bor harakat qilgan. Ilovani Xitoydan sotib olish harakatlari ijtimoiy tarmoqning AQShda taqiqlanishi ehtimoli paydo boʻlganidan boshlangan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ