| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi73 marta oʻqildi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

Ushbu tarmoq pandemiya sababli universitetga bormayotgan talabalar oʻrtasida aloqani osonlashtiradi.

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

Facebook kompaniyasi talabalar uchun yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi.

Facebook Campus platformasi masofaviy oʻqitish paytida yangi tanishlar orttirishga yordam beradi. Shuningdek, bu pandemiya sababli talabalar universitet va kollejlarga bormayotgan paytda, sinfdoshlar oʻrtasidagi aloqani osonlashtiradi, ayniqsa, masofaviy oʻqishda.

Sinfdoshlar bilan muloqot qilish, guruhlarga qoʻshilish, yangiliklarni kuzatib borish, taʼlim muassasangiz maʼmuriyatidan xabar olish va boshqa koʻp narsalar mumkin boʻladi.

"Biz sinfdoshlarimizning bir-birlari bilan uchrashishi, yangi munosabatlar oʻrnatishi va suhbatni boshlashini osonlashtiradigan mahsulot yaratmoqchi edik. COVID-19 tufayli Campus har qachongidan ham dolzarbroq deb oʻylaymiz", deydi Facebook Campus menejeri Charmeyn Hung.

Profil yaratish uchun sizga maktabingizning elektron pochta manzili va bitiruv yili kerak boʻladi. Ayni paytda Facebookʼning Campusʼi AQShning 30 ta kollej va universitetlarida mavjud, ammo kompaniya vaqt oʻtishi bilan kengayishni rejalashtirmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ