Alisher Usmonov homiyligida Namanganda Xalqaro biznes markaz quriladi
Namangandagi Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Markazda Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark va yana bir qancha majmualar joy oladi.

Namangan shahrining Amir Temur koʻchasidagi 6 gektarni egallagan sobiq “Kichkintoylar bogʻi”da UMS Holding asoschisi, mashhur tadbirkor hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sogʻlomlashtirish inshootlarini oʻz ichiga oladi. Sunʼiy koʻllar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi.
"Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning oʻziga xos brendiga aylanadi", dedi Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov.
Shuningdek, viloyat hokimi qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga eʼtibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini koʻzdan qochirmaslik zarurligini taʼkidladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

