2020 yilda oʻqishga qabul qilinganlarni oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda oʻqishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi.

“Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Turoperatorlar sayyohlarni jalb qilgani uchun davlat tomonidan ragʻbatlantiriladi
Farmonga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda oʻqishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni oʻqitish, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oshiriladi.
2020 yil 1 oktyabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovi 18 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.
2022 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekistonga olib kiriladigan dezinfeksiya uchun jihozlar, texnikalar, ularning ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar va QQS tashqari) ozod etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

