| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi83 marta oʻqildi

Toshkent davlat stomatologiya institutida finlyandiyalik professor-oʻqituvchilar ish boshladi

Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga Finlyandiyaning JAMK Amaliy fanlar universiteti pedagoglari qabul qilindi. Ular «Sogʻliqni saqlash menedjmenti va boshqaruvi» fanidan maʼruza va amaliy fanlarni oʻtishadi.

Toshkent davlat stomatologiya institutida finlyandiyalik professor-oʻqituvchilar ish boshladi

Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch yoʻnaltirilmoqda.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida, taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin yillarda samarali natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab berishda Finlyandiya taʼlim tizimini ilgʻor tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti va JAMK universiteti orasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan boʻlib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar boʻyicha ish olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga 2 ta JAMK Amaliy fanlar universiteti pedagoglari qabul qilindi. Finlyandilik professorlar Annina Kangas-Niyemi va Sari Yarvinen «Sogʻliqni saqlash menedjmenti va boshqaruvi» fanidan maʼruza va amaliy fanlarni oʻqitishga jalb qilindilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ