| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar1 daqiqada oʻqiladi233 marta oʻqildi

Inqiroz davrida qaysi sohalarda maoshlar oshirilishi mumkin?

Inqiroz paytida Progressiv taʼlim Instituti ekspertlari qaysi kasb xodimlarida maoshlar oshirilishi mumkinligini aniqlashdi

Inqiroz davrida qaysi sohalarda maoshlar oshirilishi mumkin?

Koronavirus pandemiyasi sababli iqtisodiyotning koʻplab sohalari vakillarida maoshlar qisqartirilishi turgan gap, biroq inqiroz sharoitida baʼzi kasb egalarining ish haqlari oshirilishi ham kutilmoqda. Progressiv taʼlim Instituti ekspertlari qaysi kasb xodimlarida maoshlar oshirilishi mumkinligini aniqlashdi.

Mazkur tadqiqotni oʻtkazgan tahlilchilarining taʼkidlashlaricha, ish haqlarining oshirilishiga birinchi navbatda PR va SMM-mutaxassislar, prodyuserlar va kontent-menejerlar umid qilishlari mumkin. Aynan shu sohalar vakillariga pandemiya paytida ehtiyoj oshgan. Ularning fikricha, inqiroz davrida biznes xizmatlar darajasining yanada yaxshilanishiga muhtoj boʻladi va bu sohalar vakillari oʻz raqobatchilaridan ajralib turishadi. Shu sababdan ushbu kasblarning yuqori malakali sohiblari oʻz mehnatlari evaziga munosib baholanishadi.

IT-mutaxassislar, analitiklar va onlayn-marketologlarga ham talab oshganligi bois ular ham eʼtibordan chetda qolishmaydi va maoshlari sezilarli ravishda oshirilishi kutilmoqda. Eng murakkab davrda faoliyat yuritayotgan boʻlishlariga qaramay, antiinqiroz menejerlari, moliyaviy maslahatchilar hamda logistika sohasi boshqaruvchilari ham ish haqlari oʻsishi arafasida turishibdi. Aynan shunday vaziyat taym-menejment mutaxassislarida roʻy berishi ham ehtimoldan xoli emas.

Ish haqi miqdorining oshishiga shuningdek, tabiiy-ilmiy jarayon xodimlari, ruxshunoslar va psixoterapevtlar ham daʼvogarlik qilishlari mumkin. Qolaversa, tibbiyot mutaxassislari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlarining ham ish haqlari allaqachon oshirilgan. Bu tabiiy jarayon albatta, epidemiya tarqalishiga qarshi mardonavor kurashayotgan va xastalangan insonlar tuzalib, kundalik turmush tarzlariga qaytishlari uchun oʻz hissalarini qoʻshayotgan bu soha vakillarining munosib mehnatlari munosib taqdirlanishi lozim. Taʼkidlash joizki, dunyoning koʻplab mamlakatlarida, shu jumladan yurtimizda tibbiyot xodimlarining masʼuliyatli va fidokorona mehnatlari munosib ish haqi va qoʻshimcha toʻlovlar bilan ragʻbatlantirilmoqda.

Shuningdek, mehnat toʻlovining koʻpaytirilgan miqdoriga tajribali onlayn-pedagoglar, repetitorlar va virtual-gidlar ham talabgorlik qilishlari mumkin.

Nihoyat, ekspertlar yuqoriroq maoshga daʼvogarlik qiladigan kasblar egalari qatoriga agrar sektori vakillari – agronomlar, laborantlar, zootexniklar, sut sogʻuvchilar va veterinarlarni ham qoʻshishdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ