| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar1 daqiqada oʻqiladi706 marta oʻqildi

Dunyo boʻylab bir-biridan farq qiluvchi uch xil turdagi COVID-19 tarqalmoqda

Olimlar bir-biridan mutloq farqlanuvchi uch xil turdagi COVID-19 dunyo boʻylab tarqalayotganini aniqladilar. Ular 2019 yil 24 dekabrdan 2020 yil 4 martgacha boʻlgan davri ichidagi, butun dunyo boʻylab tanlab olingan 160 ta toʻliq virus genlarini tahlil qilishgan.

Dunyo boʻylab bir-biridan farq qiluvchi uch xil turdagi COVID-19 tarqalmoqda

Koronavirus butun dunyo boʻylab tarqalib borishi davomida mutatsiyaga uchragan. Hozirgi vaqtga kelib dunyoda uchta turdagi COVID-19 mavjud.

COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri: soʻrovnoma natijalari

Yangi turdagi koronavirusning «genetik tarixi»ni tahlil qilib oʻrganishgan Kembrij tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan.

Olimlar jamoasi 2019 yil 24 dekabrdan 2020 yil 4 martgacha boʻlgan davri ichidagi, butun dunyo boʻylab tanlab olingan 160 ta toʻliq virus genlarini tahlil qilishdi. Tadqiqotchilar COVID-19 ning uchta turli «variantlarini» aniqladilar va ularga A, V va C belgilarini qoʻyishdi.

Shtammlarning tahlili shuni koʻrsatdiki, koʻrshapalaklardan kaltakesaklar orqali odamlarga yuqqan dastlabki- A virus, – Xitoyda eng keng tarqalgan virus emas. Bunday turlarning juzʼiy oʻzgarishi odatda AQSh va Avstraliyada uchraydi. A turdagisi koʻrinishidan, V turdagi bilan mutatsiyaga uchraganga oʻxshaydi.

Virus genotiplarini oʻrganish natijasiga koʻra, Xitoyda epidemiyani tarqalishiga V turi sababchi boʻlgan. Ushbu variant asosan Osiyo uchun xosdir, u boshqa mutatsiyalarsiz mintaqadan tashqariga chiqmadi. Virusning C turi, V turidagi «shoʻʼba shtammlar», hozirda Xitoydan tashqarida paydo boʻlgan va asosan Yevropada yashovchilarda uchraydi.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, Buyuk Britaniyadagi koronavirus epidemiyasi, katta ehtimol bilan, Xitoydan emas, balki Singapur, Koreya Respublikasi yoki Gonkongdan kelgan boʻlishi mumkin.

SSV: “COVID-19” koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkin?

Olimlarning fikriga koʻra, rasman SARS-CoV-2 deb nomlangan virus har xil populyasiyalarda immun tizimining barqarorligini yoʻqotish uchun mutatsiyaga uchraydi.

Tadqiqot gʻayri oddiy bir vaziyatni aniqladi, original A shtammi AQShning Gʻarbiy sohili boʻylab tarqaldi, ammo u Xitoyda eng keng tarqalgan V shtammi emas edi. Olimlar koronavirus mutatsiyada davom etayotganini taʼkidlamoqdalar.

Tadqiqot natijalari kelajakda kasallik tarqalish epitsentrlarini bashorat qilishga yordam beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ