| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar6 daqiqada oʻqiladi

Boʻsh stadionlar davri: pandemiya sport yulduzlari daromadlariga qanchalik taʼsir qildi?

Koronavirus tufayli professional sport katta miqdordagi daromadlardan ayrilmoqda.

Boʻsh stadionlar davri: pandemiya sport yulduzlari daromadlariga qanchalik taʼsir qildi?

Koronavirus tufayli Lionel Messi deyarli $50 mln, Krishtianu Ronaldu esa $20 mln yoʻqotadi. Lebron Djeymsga har bir qoldirilgan oʻyin $300 mingga tushadi. MXL xokkeychilari esa 25% gacha boʻlgan maoshlaridan ayrilishadi.

Pandemiya sababli toʻxtatilgan professional sport katta miqdordagi daromadlardan ayrilmoqda. Karantin oʻtgunicha soha sarf-xarajatlarni qisqartirishga majbur, buning asosiy qismini esa sportchilarning maoshlari tashkil qiladi. Shartnomalar miqdori qanchalik yuqori boʻlishi barobarida jamoalar rahbarlari uchun bu mushkul davr shunchalik qimmatga tushadi. Shu sababli hatto yirik jamoalar ham sportchilar bilan maoshlarning qisqartirilishi borasida kelishishga majbur boʻlishyapti. Aksariyat individual sport turlarida musobaqalar toʻxtatilganligi bois sportchilarda mukofot pullarini ishlab olish imkoniyati mavjud emas. Xoʻsh, epidemiologik vaziyat sport yulduzlarining daromadlariga qanchalik taʼsir qiladi?

Futbol

Klublarga moliyaviy muammolarning oldini olish uchun yordam tariqasida Yevropa milliy chempionatlaridagi koʻpchilik futbolchilar ish haqlarining kamaytirilishiga rozi boʻlishdi. Misol uchun, «Barselona» $858 mlnga teng umumiy yillik xarajatlarining $60 mln qismini futbolchilar maoshi uchun sarflar edi. Kataloniyaliklar bu summani 70%ga qisqartirishga majbur boʻlishdi.

Krishtianu Ronaldu oʻz jamoadoshlari bilan birgalikda martdan iyungacha boʻlgan toʻrt oylik davr uchun belgilangan maoshlaridan voz kechishdi. Bu oʻz navbatida «Yuventus»ga $97 mln yoki klub byudjetining futbolchilar ish haqi uchun ajratiladigan summaning 30% qismini tejash imkonini beradi. Oʻtgan yilgi daromadlari boʻyicha hisoblaydigan boʻlsak, Ronaldu uchun shartnoma toʻlovlarining 30% qismi —$20 mlnga teng. Portugaliyalik yulduz 2018-2019 yilgi mavsumda jami $109 mln ishlab topgan.

Pandemiya davrida kimlar foyda olib, boyib ketmoqda?

Fransiya Liga 1 klublari aprel oyi boshidan buyon futbolchilarni ishsiz statusiga oʻtkazib qoʻyishdi. Bu esa maoshlarning avtomatik ravishda 30%ga qisqarishiga olib keladi. Klublar shuningdek, professional futbolchilar milliy uyushmasi va mamlakat iqtisodiyot va moliya vazirligidan tavsiyalarni olishdi: ular oyiga €10000-20000 gacha boʻlgan maoshlarning 20% qismidan hamda € 100 mingdan oshadigan maoshlarining 50% qismidan voz kechadigan progressiv tarzdagi qisqartirilishini taklif qilishdi. Bu ayniqsa «PSJ» uchun oʻta muhim: klub ligada yiliga $400 mlnga teng eng katta maosh byudjetiga ega. Uning 20%ni Neymarning shartnomasi «olib qoʻyadi» —$70 mln Vaqtinchalik ishsiz statusiga ega braziliyalik oyiga $4 mln oladi (maoshining 70% qismi), 50%ga teng ehtimoliy qisqartirilish esa futbolchiga $2 mln qoldiradi.

Avtosport

Koronavirus tufayli «Formula 1» mavsumi hatto boshlanishga ham ulgurmadi. Shu tufayli musobaqa egalari, bosqichlar tashkilotchilari hamda jamoalar zarar koʻrishmoqda. Jumladan, «Alfa Tauri» bossi Frans Tost uchun har bir qoldirilgan Gran-pri jamoaga 1,5-2 mln yevroga tushmoqda. Shu sababli baʼzi pilotlar ixtiyoriy ravishda oʻz ish haqlarining bir qismidan jamoa xodimlari foydasiga voz kechishdi. Buni dastlab Karlos Sayns va «Maklaren» aʼzosi Lando Norris boshlab berishdi, soʻngra bunga qirollik poygalaridagi eng yirik shartnomalar sohiblari —«Ferrari» aʼzosi Sebastyan Fettel va 2019 yilgi chempion boʻlgan «Mersedes» vakili Lyuis Xemilton qoʻshilishdi. Oʻtgan yili Xemilton $45 mln, Fettel $40 mlnga ega boʻlgandi.

MBA va MXL

Amerika ligalarida sportchilar shartnomasi odatda kollektiv kelishuvlar bilan chegaralangan va maoshlar limiti bilan boshqariladi. Bundan tashqari MBA va MXLda «eskrou» tushunchasi mavjud: bu har oyda liga oʻyinchi maoshidan alohida sugʻurta jamgʻarmasi uchun ayirmalar foizini oʻtkazishini anglatadi. Mavsum yakunida sportchilar daromadi ularga belgilangan ulushdan koʻproq boʻlib chiqsa (MXLda 50% va MBAda 51%), liga eskroudan yetishmayotgan qismini oʻziga olib qoʻyadi. Liga daromadlari koʻproq boʻladigan taqdirda (soʻnggi yillarda bu kamdan kam roʻy beryapti) – oʻyinchilarga eskrouni qaytarish hisobiga farqni toʻlab berishadi.

Dunyo boʻyicha koronavirus bilan bogʻliq noaniqlik rekord darajada yuqori

MXLda eskrou foizi oʻzgaruvchan, mavsumning har choragida klublarning maosh byudjeti liga tomonidan belgilangan maoshlar yoʻlagidan farqlanadi. Byudjet qanchalik koʻp boʻlsa, eskrou ham shunchalik yuqori boʻladi. Odatda liga maoshlar yoʻlagini oʻtgan mavsumdagi daromadlardan olib qoladi: buning asosi sifatida liga «xokkey» daromadining 50%ni oladi, uni 5%ga koʻpaytiradi (oʻsish bashorati) va bu summadan 15% pastga va yuqoriga hisoblanadi. Shu tariqa maoshlar yoʻlagining «poli» va «potologi»ni keltirib chiqarishadi.

2019-2020 yilgi mavsumda liga foydaning salmoqli qismini yoʻqotishi mumkin (MXLda hatto muntazam chempionat yakuniga yetgani yoʻq), shu sababli baʼzi ekspertlar kelgusi mavsumda eskrou oʻsishini taxmin qilishmoqda, maoshlar yoʻlagi quyi, ish haqlari esa yuqori darajada qoladi. Ammo kollektiv kelishuv MXLga kelgusi mavsumga bashoratni oʻtgan mavsum daromadlariga bogʻlanmagan holda sunʼiy ravishda oʻzgartirish imkonini beradi. Liga katta ehtimol bilan bu imkoniyatdan foydalanib qoladi.

Odamlar pandemiyaga qarshi jipslasha olishmasa, u qancha davom etishi mumkin?

Biroq joriy mavsumda daromadlar oʻrtasidagi tafovutni qoplash uchun qoʻshimcha choralar talab etiladi. Shartnoma boʻyicha liga fors-major vaziyatlarda toʻlovlar summasini oʻzgartirishi mumkin, biroq oʻyinlar toʻliq qoldirilmaganligi uchun xokkeychilarni hech kim maoshlardan mahrum qila olmaydi. Vaqtinchalik chora tariqasida MXL va xokkeychilar assotsiatsiyasi soʻnggi toʻlovni 15 maygacha «muzlatib», vaziyat oydinlashguniga qadar uning taqdirini hal etishga kelishib olishdi. MXLning eng serdaromad xokkeychisi, «Toronto Meypl Lifs» forvardi Mitch Marner uchun bu eskrou va soliqlar toʻlovi yechilguniga qadar $1,23 mln «muzlatilishini» anglatadi. Bu yilgi mavsumda eskrou 14%ga teng, bu esa Marnerning $16 mlnli shartnomasi uchun $2,2 mlnni tashkil etadi. Oʻtgan besh mavsum davomida oʻrtacha eskrou 14% boʻlganida oʻyinchilarga deyarli 3% qismi qaytarilardi, ammo 2019-2020 mavsum uchun endi qandaydir summani qaytarib olish imkoniyati boʻlmasligi ham mumkin.

Oʻzbekistonda aholiga bir martalik begʻaraz pul tarqatilishi lozimmi?

MBA basketbolchilari ham vaqtinchalik qisqartirilishga kelishib olishdi: 15 maydan boshlab maoshlarining 25% standart 10%li eskrou hisobiga qoʻshimcha ravishda yoʻnaltiriladi. Bu liga qolgan oʻyinlar taqdirini hal etmagunicha davom etadi (MBAda ham hali pley-offgacha yetib borishmagan). Bu narsa roʻy bergan paytda liga basketbolchilar maoshlaridan har bir qoldirilgan oʻyin uchun 1%dan ushlab qoladi. Jahonning eng koʻp maosh oladigan basketbolchilari qatoridagi Lebron Djeyms, Stefen Karri va Kevin Dyurant uchun shartnomaning 1% іismi $300 — $380 mingni tashkil etadi.

Tennis va golf

Sportning eng ommabop individual turlarida pandemiya sababli turnirlar oʻtkazilmayapti, buning natijasida sportchilar ham mukofot pullarini ishlash imkoniyatidan mahrum boʻlishyapti. Tennisda «Ulkan toj» (ularning ikkitasi qoldirilgan) turnirlarining yakka tartibdagi bahslarida gʻalaba qozonsa, sportchi $2-4 mln ishlaydi, Masters 1000 seriyasidagi turnirlarda deyarli $1 mln, ATR 500 musobaqalarida $300 mingdan $500 minggacha hamda ATR 250 toifasidagi bahslarda $100 ming atrofida mukofot puli ishlab olish mumkin.

Ammo top-oʻyinchilar oʻz daromadlarining yarmidan koʻprogʻiga homiylik shartnomalari orqali ega boʻlishadi, aynan shu sababli ular hozirgi paytda ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar eʼtiborini jalb etgan holda faol ishtirok etishmoqda. 2019 yilda Rodjer Federer $93,4 mlnga teng daromadining $86 mlnni reklama kelishuvlaridan ishlab topgan. Jahon reytingining birinchi raqamli tennischisi Novak Djokovich $50,6 mlndan $30 mln qismini marketing orqali, Rafael Nadal esa $35 mlnning $26 mlnga teng ulushini tennisdan tashqi faoliyatida ishlab olgan. Biroq reytingning quyi qismidagi sportchilar uchun tennisdagi mukofot pullari – yagona daromad manbai. Shu sababli Djokovich, Nadal va Federer reytingning 200dan 700 gacha oʻrinlaridagi tennischilar uchun moliyaviy yordam tariqasida $3,5-4 mln yigʻib berishni rejalashtirishgan. Bu maqsadda reyting yetakchilarini ATR va «Ulkan toj» turnirlari tashkilotchilari qoʻllab-quvvatlashmoqchi.

Koronavirus pandemiyasi kichik biznesga qanday taʼsir qildi?

2019 yilning eng nomdor golfchilari Tayger Vuds va Fil Mikelson turnirlarda mos ravishda $9,9 mln va $12,4 mln ishlab topishgan. Reklama shartnomalari orqali ular sezilarli darajada koʻproq $54 mln va $36 mlnga ega boʻlishgan. Golf uchun odatdagi mukofot tizimining reklama beruvchilari pandemiyaga qay tarzda munosabat bildirishadi, buni aytish mushkul. Koʻp narsa sportchilarning karantin davrida onlayn-faolligiga hamda turnirlar qachon teleefirga qaytishiga ham bogʻliq.

Manba: Forbes

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ