Fargʻonalik xotin-qizlar Kasaba uyushmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda
Viloyat boʻyicha jami 28 mlrd 602 mln. soʻmlik 55 ta yangi biznes loyihalari orqali 5 ming 90 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlanadi.

2 mingta oiladan 3 mingdan ortiq muammo aniqlandi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarligida tuzilgan Respublika ishchi guruhi 2020 yilning 27 aprel 1 may kunlari Fargʻona viloyatining tuman, shaharlaridagi (Toshloq tumani namunasida) oilalar, shu jumladan, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida oʻrganishlar oʻtkazdi.
Ushbu davrda, Respublika ishchi guruh tomonidan viloyatdagi 1 ming 38 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi 2 ming 832 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va notinch-noqobil oilalarda oʻrganishlar olib borilishi natijasida 3 ming 822 ta muammo aniqlandi.
Muammolarning aksari ishsizlik va maishiy yordamga toʻgʻri kelmoqda
Xotin-qizlar tomonidan bildirilgan muammolarning 546 tasi (14.3 %) uy-joy bilan taʼminlash va mavjud uylarini taʼmirlash, 451 tasi (11.8 %) sogʻliqni saqlash, 472 tasi (12.3%) moddiy yordam, 1 363 tasi (35.7%) ish bilan taʼminlash va maishiy yordam, 990 tasi (25.9 %) tadbirkorlik va kredit ajratish yoʻnalishlariga toʻgʻri keldi.
Oʻrganilgan muammolarning 990 tasi (25.9%) tuman darajasida, 2 286 tasi (59.8 %) viloyat darajasida hamda 546 tasi (14.3%) Respublika darajasida hal etilishi tavsiflandi.
Ishchi guruh va sektor rahbarlari hamkorligida oʻrganish davomida aniqlangan 80 ta muammolar joyida bartaraf etilishiga erishildi va 120 tasini qisqa muddatda hal etish boʻyicha choralar koʻrildi.
5 mingdan ortiq xotin-qizlar bandligi taʼminlanadi
Oʻrganish yakuniga koʻra, har bir tuman va shaharda xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi sektor rahbarlari tomonidan imzolandi. Mazkur dasturlar Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raislari va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanib, ijroga yoʻnaltirildi.
Tasdiqlangan dasturlarga muvofiq viloyat boʻyicha jami 28 mlrd 602 mln. soʻmlik 55 ta yangi biznes loyihalari orqali 5 ming 90 nafar xotin-qizlarni bandligini taʼminlash chora-tadbirlari belgilandi.
Muammolarni yechish uchun 4 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlar uchun doimiy ish oʻrinlari yaratish, ularning bandligini taʼminlash orqali daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarligida Respublika ishchi guruhiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 7 ta shahar, tumanlardagi (Toshloq 6 ta, Quvasoy 2 ta, Bagʻdod 2 ta, Oltiariq 1 ta, Fargʻona 1 ta, Rishton 2 ta, va Oʻzbekiston 2 ta) 9050 nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan 16 ta biznes loyihalar uchun 4 mlrd 687 mln. soʻm ajratilishi belgilandi.
Ayollar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi
Toshloq tumani boʻyicha 6 ta loyiha va Fargʻona tumani boʻyicha 1 ta loyiha jami 2 mlrd 750 mln. soʻm yoʻnaltirilib 540 nafar ayollarni bandligi taʼminlanishi borasida ishlar boshlab yuborildi. Jumladan:
«Yuqoriqishloq» MFY hududi boʻsh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida xotin-qizlar uchun «Ishlab chiqarish kooperatsiyasi» tashkil etilib, ularning mehnatini yengillashtirish, yerdan oladigan daromadlarini oshirish ishlari uchun 1 ta traktor, skvajena, zamonaviy barcha qulayliklarga ega dala shiyponi qurib berildi. Mazkur maqsadlar uchun 700 mln. soʻm sarflanib, bugungi kunda kooperatsiya oʻz faoliyatini boshladi hamda 40 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi;
«Fargʻona Toshloq adrasi» oilaviy korxonasining biznes loyihasini amalga oshirish orqali 100 nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni adras va atlas gazlamalari ishlab chiqarishga jalb etish uchun 500 mln. soʻm mablagʻ ajratildi;
«Shahzodaxon saxovat invest» xususiy korxonasining biznes loyihasi orqali 100 nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni adras va atlas gazlamalari ishlab chiqarishga jalb etish uchun 500 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi;
«Toshloq saxovat servis» xususiy korxonasining biznes loyihasi orqali 100 nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni adras va atlas gazlamalari ishlab chiqarishga jalb etish uchun 500 mln. soʻm mablagʻ ajratildi;
Toshloq tumanida «Ayollar oʻquv markazi»ni tashkil etish orqali 100 nafar xotin qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunar va tikuvchilikka oʻqitish uchun 350 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, oʻquv markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi;
Fargʻona tumanidagi «Seyman Bahor kelajagi» xususiy korxonasiga 200 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, 100 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi;
Toshloq tumani hokimligi taklifiga muvofiq tumandagi ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 50 nafar ayollarni uy sharoitida ish bilan taʼminlash uchun 100 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Bundan tashqari, Toshloq tumanidagi ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning bandligini taʼminlash hamda ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 50 nafar ayollarga tikuv mashinasi, 5 nafariga kir yuvish mashinasi, 5 nafariga elektro-pech, 5 nafariga muzlatgich, 40 nafariga gilam, 120 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ushbu maqsadlar uchun 109 mln 235 ming soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Viloyatning barcha tuman, shahar dasturlariga kiritilgan 39 ta biznes loyihalar uchun «Oʻztoʻqimachiliksanoat», «Oʻzbekipaksanoat» va «Oʻzcharmsanoat» uyushmalari, Investitsiya dasturlari, Respublika tijorat banklarining imtiyozli kredit hamda tegishli tashkilotlarning foizsiz ssuda mablagʻlari hisobidan 23 mlrd 915 mln. soʻm mablagʻ ajratish orqali 4 ming 140 nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlash rejalashtirildi.
Dasturga kiritilgan 87 nafar xotin-qizlarni Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari tasarrufidagi sanatoriylarda sogʻlomlashtirish ishlari tashkil etildi, 36 nafariga nogironlik aravachalari tarqatildi. Buning natijasida viloyatning Qoʻqon shahar, Toshloq, Qoʻqon, Buvayda, Yozyovon, Rishton, Furqat, Oʻzbekiston, Qoʻshtepa, Quva, Uchkoʻprik, Fargʻona va Dangʻara tumanlaridagi ogʻir turmush sharoitidagi xotin-qizlarga qulayliklar yaratib berildi.
Fargʻona viloyatida xotin-qizlar uchun tashkil etiladigan ish oʻrinlari

Dasturga muvofiq, tuman hokimliklari va tegishli idoralar bilan birgalikda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda oilaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Hozirgi kunda, Respublika ishchi guruhi tomonidan monitoring guruhi tashkil etilib dasturning bajarilishi doimiy nazoratga olingan hamda tahlili yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoniga bugungi kunga qadar Fargʻona viloyati xotin-qizlaridan kelib tushgan jami 986 ta murojaatlarning 650 tasi (66,0 %) ijobiy hal etilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

